Shahzoda Garri qiyin ahvolda, u otasidan pul so‘radi

Shahzoda Garri qiyin ahvolda, u otasidan pul so‘radi

Shahzoda Garri va Megan Markl moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgani sabab shahzoda Charlzdan yordam so‘radi. Mish-Mishlarga qaraganda, Garri o‘zining uchta ov qurolini 180 ming dollarga sotishga majbur bo‘lgan.

Sasseks gersoglarida moliyaviy muammolar qirollik imtiyozlaridan voz kechib, Buyuk Britaniyadan Kanadaga, so‘ngra Kaliforniyaga ko‘chib ketgach yuzaga kelgan.

Shahzoda Garrining doimiy daromad manbai yo‘q va u hech yerda ishlamaydi, Megan Marklga esa hech kim kino va reklamada suratga tushish taklifini bildirmayotgani sabab juftlik pulga muhtojlik yuzaga kelgan..

«Ular soliq to‘lovchilar soliq to‘lashda davom etishiga umid qilgandi. Biroq endi ular shahzoda Charlzdan yordam so‘rashga majbur bo‘lmoqda», — deydi insayder.

Eslatib o‘tamiz, shahzoda Garri va Megan Markl 31 mart kuni qirollik maqomidan rasmanmahrum bo‘lgandi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!