Shahrisabzdagi poliklinikada vaksina olmoqchi bo‘lgan fuqaroni haydab chiqazishgani rostmi?

Shahrisabzdagi poliklinikada vaksina olmoqchi bo‘lgan fuqaroni haydab chiqazishgani rostmi?

“Xalq ovozi” telegram kanalida e’lon qilingan videomurojaatda fuqaro Shahrisabz shahri 2-oilaviy poliklinikada koronavirusga qarshi vaksina olmoqchi bo‘lgani, ammo u yerdagi xodimlar unga qo‘pol muomalada bo‘lib, haydab chiqarishganini, bu yerda sharoit ham qoniqarli emasligini ma’lum qilgan. Mazkur murojaat yuzasidan Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qildi.

"Videomurojaatda qayd etilgan holat joriy yilning 26 iyul kuni Shahrisabz shahridagi 2-oilaviy poliklinikada emas, 1-oilaviy poliklinikada sodir bo‘lgan.

Shu kuni murojaat muallifi, fuqaro B.R. mazkur poliklinikadagi emlash punktiga koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina olish uchun murojaat qilib, o‘zi va qarindoshlari uchun 5 ta “Sputnik V” vaksinasini berishlarini talab qilgan. Tibbiyot xodimlari mazkur turdagi vaksina avval shunday vaksina bilan emlanganlarga taqsimot qilib bo‘linganidan so‘ng berilishini, mazkur emlash punktida o‘sha paytda fuqarolar ZF-UZ-VAS 2001 va “AstraZeneca” bilan emlanayotganini tushuntirishga harakat qilishgan. Ammo fuqaro ularning gaplariga quloq solmasdan janjal ko‘targan.

Emlash xonasining 2 nafar hamshirasiga fuqaro bilan muloqotda tegishli deontologiya qoidalariga amal qilmaganliklari uchun “hayfsan” intizomiy jazosi berildi.

Qayd etish zarurki, Shahrisabz shahridagi 1-oilaviy poliklinika binosi 1968 yilda qurilgan. Joriy yilda mazkur poliklinikaning 150 qatnovga mo‘ljallangan binosini qayta qurish uchun mahalliy byudjetdan mablag‘ ajratilgan. Ayni paytda bu yerda qurilish-ta’mirlash ishlari boshlanganligi sababli xonalar yetishmasligi va boshqa noqulayliklar kuzatilgan. Mazkur noqulayliklarga barham berish berish bo‘yicha zarur choralar ko‘rildi"


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!