Shahrisabzda yengilroq jazo tayinlatib berishni va’da qilgan firibgar aniqlandi

Shahrisabzda yengilroq jazo tayinlatib berishni va’da qilgan firibgar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrisabz tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro F.S. (muqaddam sudlangan) fuqaro D.M.ning ishonchiga kirib, uning transportdan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzganligi yuzasidan IIB organlarida tergov harakatlari olib borilayotgan jinoyat ishi bo‘yicha tanishlari orqali yengilroq jazo tayinlatib berish evaziga 3 100 AQSh dollari va 23,0 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlanib, F.S. o‘z ixtiyori bilan ushbu olgan pullari hisobidan 500 ming so‘mni qaytarganligi prosessual tartibda rasmiylashtirigan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!