Shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish tartiblari takomillashtiriladi

Shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish tartiblari takomillashtiriladi

“Shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish tartibotlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Huqumat qarori (579-son, 17.09.2021 y.) qabul qilindi.

☑️ Qarorga muvofiq, 2021 yil 1 oktyabrdan shaharsozlik hujjatlari ekspertizasini amalga oshirishda:

➖ shaharsozlik hujjatlari “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali ko‘rib chiqiladi;
➖ davlat mablag‘lari, davlat kafolatiga olingan tashqi investisiya mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan ishlarning loyiha hujjatlari “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK yoki uning hududiy filiallari tomonidan ko‘rib chiqiladi;
➖ boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan ob’ektlar loyiha hujjatlari akkreditasiya qilingan yuridik shaxslar, “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK yoki uning hududiy filiallari tomonidan ko‘rib chiqiladi;
➖ ijobiy ekspertiza xulosalari “Ekspertiza xulosalarining yagona reestri”ga kiritilgan taqdirda haqiqiy deb tan olinadi;
➖ ekspertizadan o‘tkazganlik uchun xizmatlar haqini tabaqalashtirilgan tartibda hisoblash tizimi joriy etiladi;
➖ loyiha hujjatlarini ko‘rib chiquvchi ekspert – mutaxassislarni attestasiyadan o‘tkazish va ularni sertifikatlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

📋 Qaror bilan Ob’ektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta’mirlash bo‘yicha shaharsozlik va loyiha hujjatlarining loyihaviy yechimlarini shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

❗️Nizomga muvofiq, quyidagi ob’ektlarning loyiha hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish majburiy emas:

▪️ mavsumiy ishlar uchun vaqtincha va maishiy binolar;
▪️ 300 kub metrdan ortiq bo‘lmagan alohida qurilayotgan kichik hajmdagi ob’ektlar;
▪️ ikki qavatdan yuqori bo‘lmagan (sokolni hisobga olmagan holda) balandligi yer yuzidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo‘lmagan yakka tartibdagi uy-joylar;
▪️ joriy ta’mirlanadigan binolar, inshootlar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!