Sergey Lebedev O‘zbekistonga keladigan MDH kuzatuvchilari missiyasiga rahbarlik qiladi

Sergey Lebedev O‘zbekistonga keladigan MDH kuzatuvchilari missiyasiga rahbarlik qiladi

MDH ijroiya qo‘mitasi kotibi Sergey Lebedev Hamdo‘stlik davlatlaridan keladigan kuzatuvchilar missiyasiga rahbarlik qiladi. Bu haqda O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi bugun, dushanba kuni xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda prezident saylovlari 24 oktyabrda bo‘lib o‘tadi, 23 iyul kuni saylov kampaniyasiga start berilgan edi.

Markaziy saylov komissiyasi mamlakatda faoliyat yurituvchi beshta siyosiy partiyalar nomzodlarini ro‘yxatga olgan. Jumladan, XDPdan Maqsuda Vorisova, “Adolat” SDPdan Bahrom Abduhalimov, O‘zLiDePdan Shavkat Mirziyoyev, "Milliy tiklanish" partiyasidan Alisher Qodirov hamda Ekologik partiyadan Narzulla Oblomuradov O‘zbekiston prezidentligiga ro‘yxatga olingan.
"MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi Sergey Nikolayevich Lebedev MSK tomonidan O‘zbekiston Respublikasi prezidenti saylovida MDH kuzatuvchilari missiyasi rahbari sifatida akkreditasiyadan o‘tgan", - deyiladi xabarda.
Lebedev, shuningdek, 2015 va 2016 yillarda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan prezident saylovlarida MDH kuzatuvchilari missiyasiga rahbarlik qilgan.
Ilgariroq, Markaziy saylov komissiyasi a’zosi Gulnoza Rahimova jurnalistlarga 21ta xalqaro tashkilotlar vakillari, jumladan, MDH, SHHT, YEXHT vakillari O‘zbekiston prezidenti saylovlarini kuzatishga taklif etilgani haqida xabar bergan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!