Sergelida joylashgan mashina bozorida janjal sodir bo‘ldi

Sergelida joylashgan mashina bozorida  janjal sodir bo‘ldi

Ma’lum bo‘lishicha, M. ismli shaxs tanishi bilan «Malibu» sotib olish uchun bozorga kirgan. U tanishi sotib olmoqchi bo‘lgan mashinaning kamchiligini aniqlab bergan. Shundan so‘ng mashina sotayotgan E. bilan o‘rtada kelishmovchilik chiqqan. IIB va Milliy gvardiya xodimlari katta janjalning oldini olgan.

Holat yuzasidan tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga yuborilgan. Onlayn o‘tkazilgan sudda ayblanuvchilarga ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!