Sergelida giyohvandlik moddalarini yashirincha saqlab kelayotgan shaxs fosh bo‘ldi

Sergelida giyohvandlik moddalarini yashirincha saqlab kelayotgan shaxs fosh bo‘ldi

Giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxonachilar tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda poytaxtimizning Sirg‘ali tumanida tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Tadbir davomida mazkur tumanda istiqomat qiluvchi fuqaro K.Z.“Opiy” giyohvandlik vositasini yashirincha sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Shundan so‘ng, fuqaro K.Z.ning yashash xonadoni belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida bu yerda ham narkotik va boshqa kuchli ta’sir qiluvchi moddalar noqonuniy ravishda yashirincha saqlanayotganligi fosh etildi.

Mazkur tezkor tadbir davomida fuqaro A.B.dan jami 3,95 gr. “Opiy” giyohvandlik vositasi hamda tarkibida giyohvandlik moddalari bo‘lgan 89 dona “Tramadol” tabletkalari, 3 dona “Pregabalin” kapsulalari, 1 dona 10 ml. “Tropikamid” dori vositalari olib qo‘yildi.

Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!