Serbiyada COVID-19 sababli joriy etilgan cheklovlarga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi

Serbiyada COVID-19 sababli joriy etilgan cheklovlarga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi

8 iyulga o‘tar kechasi Serbiya poytaxti Belgrad shahri markazida ommaviy tartibsizliklar sodir bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti muxbiri ma’lum qildi.

Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich koronavirus bilan kurashish uchun joriy etilishi rejalashtirilayotgan yangi cheklovlar haqida e’lon qilganidan so‘ng odamlar namoyishga chiqqan.

Namoyishchilarning eng “jahldor”lari polisiyaga hujum uyushtirgan, mamlakat parlamenti binosigacha bostirib kirgan, polisiya avtomobillari va chiqindi konteynerlariga o‘t quygan. Bunga javoban mamlakat polisiyasi ko‘zdan yosh chiqaruvchi gaz va boshqa maxsus vositalardan foydalangan.

Mamlakat IIV bergan ma’lumotga ko‘ra, parlament binosi yonida 5 ming atrofida odam yig‘ilgan.

“Norozilik namoyishi ishtirokchilarining bir guruhi o‘zlarini bezorilardek tutishdi. Ular o‘z xizmat vazifasini bajarayotgan polisiya xodimlariga hujum uyushtirdilar va ularni toshbo‘ron qildilar”, deb ta’kidladi polisiya direktori Vladimir Rebich.

Hibsga olinganlar va jarohatlanganlar soni haqida ma’lumot berilmayapti.

7 iyul kuni Serbiya Prezidenti koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat yomonlashgani sababli mamlakatda yana “komendant soati” joriy etilishini e’lon qildi. Mazkur e’londan so‘ng odamlar ommaviy namoyishga otlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!