Serbiya prezidenti o‘z xalqini tinchlikka chaqirmoqda

Serbiya prezidenti o‘z xalqini tinchlikka chaqirmoqda

Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich xalqqa murojaat qilib, tinchlikka chaqirdi.

“Biz Kosovo va Metoxiyadan kelgan serb xalqi vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdik, har qanday holatda ham tinchlikni saqlashga harakat qilamiz, albanlardan o‘z fikrlarini o‘zgartirishni va serblardan provokasiyalarga berilmasliklarini so‘rayman.

Men qudratli davlatlarning vakillaridan xalqaro huquq va joylardagi vaziyatga ozgina e’tibor berishlarini so‘rayman, toki o‘z vatandoshlari nizolar keltirib chiqarmasin. Bu mening katta iltimosim. Biz hammamiz tinchlik tarafdorimiz. Agar ular serblarni ta’qib qilishga, serblarni o‘ldirishga jur’at etsa, Serbiya g‘alaba qozonadi".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!