SEOM xodimlariga 24 million 412 ming 800 so‘m undirib berildi

SEOM xodimlariga 24 million 412 ming 800 so‘m undirib berildi

🔈 Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida yashovchi fuqaro Hamrayev Abduxalil hamda yana 15 nafar xodimning Do‘stlik tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi tomonidan ish xaqi berilmayotganligidan norozi bo‘lib yozgan murojaatlari bo‘yicha to‘plangan xujjatlar tuman adliya bo‘limi tomonidan o‘rganildi.

💴 Adliya vazirligi axborot xizmati xabar berishicha, Do‘stlik tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazining 2020 yil 11 iyundagi 109-sonli buyrug‘iga ko‘ra, bosh vrach Hamrayev Abduxalil Safarovichga 15 maydan 11 iyun kuniga qadar kunlik 6 foizlik qo‘shimcha to‘lov ish haqqiga qo‘shib to‘lab borilishi belgilangan.

🗓 Biroq, Do‘stlik tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi tomonidan Hamrayev Abduxalil Safarovich hamda yana 15 nafar xodimga 2020 yil 11 iyun holatiga 24,412 mln. so‘m qo‘shimcha to‘lov ish haqi to‘lab berilmagan.

✅ Do‘stlik tuman adliya bo‘limi tomonidan Fuqarolik sudiga fuqarolar manfaatida kiritilgan ariza to‘liq qanoatlantirilib, qarzdor Do‘stlik tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazidan xodimlar foydasiga 24,412 mln. so‘m ish xaqini undirib berish xaqida sud buyrug‘i chiqarilishi ta’minlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!