Sentyabrdan maktab o‘quvchilariga hokim stipendiyasi joriy etiladi — Jahongir Ortiqxo‘jayev

Sentyabrdan maktab o‘quvchilariga hokim stipendiyasi joriy etiladi — Jahongir Ortiqxo‘jayev

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev maktab o‘quvchilariga sentyabr oyidan joriy etilayotgan hokim stipendiyasi haqida ma’lum qildi.

«Stipendiya masalasi Xudo xoxlasa hal bo‘ladi. Hokim stipendiyasi masalasi bo‘yicha biz hozir maktab o‘quvchilariga bu yildan reja qildik. Har bir maktabdan 5 ta fan fizika, matematika, biologiya va kimyo hamda bu yil chet tilini qo‘shdik. Beshta o‘quvchiga hokim stipendiyasi bo‘ladi. Sentyabrdan boshlab har bitta o‘quvchiga oyiga 500 ming so‘mdan beriladi» — dedi Jahongir Ortiqxo‘jayev.

Poytaxt hokimining so‘zlariga ko‘ra, mazkur stipendiyani olgan o‘quvchilarni tarbiyalagan o‘qituvchilarga 1 mln so‘mdan ajratilishi ham belgilandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!