Sensasiya! Yomg‘ir tomchisidan elektr energiyasi olindi

Sensasiya! Yomg‘ir tomchisidan elektr energiyasi olindi

Shu paytgacha olimlar suv tomchilaridan yetarli darajada energiya olish yo‘lini topisha olmayotgan edi. Va nihoyat, bu yo‘nalishda ham burilish sodir bo‘ladiganga o‘xshayapti. “Nature” jurnalida chop etilgan maqolada xitoylik injenerlar amerikalik hamkasblari bilan hamkorlikda buning uddasida chiqqanligi haqidagi ilmiy usullarini ma’lum qilishgan.

To‘g‘ri, o‘z-o‘zimizni aldamaylik, hozircha bu yo‘nalishda olinayotgan elektrda smartfonni ham quvvatlantirib bo‘lmaydi. Bungacha hali ancha bor. Biroq, ishlab chiqilgan uslub, umid uyg‘otadi. Gap shundaki, tadqiqotchilar yomg‘irning bittagina tomchisidan 100 ta svetodiod lampochkalarini yoritish uchun yetadigan usulni ishlab chiqdi.

Elektr quvvati olishning bunday uslubi ko‘p yillardan beri olimlarni o‘ylantirib kelardi. Yomg‘ir tomchilari quvvatini elektr quvvatiga aylantirish fizikasi, oqimdan energiya olishga qaraganda bir muncha murakkab. Muntazam ravishda tomchilar tushayotgan maydondan politetraftoretilen plenkalari (PTFE) orqali zaryadlarni yig‘ib olish g‘oyasi umumiy maqsadning salgina siljishiga ko‘maklashdi.

Tomchi yuzaga tushganida yoyilib ketib, xuddi ikki elektrod – alyumin elektrodi va idniy-qalay oksidi elektrodini birlashtiruvchi ko‘prik vazifasini bajarishi aniqlandi. “Tomchi ko‘prik” o‘z navbatida yopiq halqa hosil qiladi, natijada yig‘ilgan energiya ozod bo‘ladi, chiqib ketadi. Tomchilar rezistor, yuza esa kondensator vazifasini bajaradi.

  Bunday uslubni suv qattiq yuzaga tushadigan hamma joyda qo‘llab ko‘rish mumkin. Biroq, yomg‘ir smartfonimizni quvvatlantirishni boshlashidan oldin anchagina harakatlarni amalga oshirishi kerak bo‘ladi. Prototipni yaqin 5 yil ichida yaratish mo‘ljallangan.  


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!