Sebzor chorrahasida "Nexia" yonib ketdi

Sebzor chorrahasida "Nexia" yonib ketdi

⚡️Joriy yilning 13 oktyabr kuni soat 22:30 larda Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, "Nurafshon-Sebzor" ko‘chalari kesishgan chorrahada haydovchi, 1989 yilda tug‘ilgan SH.M. boshqaruvidagi "Lacetti" hamda haydovchi, 1991 yilda tug‘ilgan D.Q. boshqaruvidagi "Nexia" rusumli avtomobili ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan va "Nexia" avtomobilida yong‘in yuzaga kelgan.

🔥Yong‘in bartaraf etilgan. To‘qnashuv va yong‘in natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Transport vositalariga zarar yetgan.

❗️Mazkur hodisa yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!