Sayyor qabullar huquqiy ko‘makka muhtoj fuqarolar uchun ayni muddao bo‘lyapti

Sayyor qabullar huquqiy ko‘makka muhtoj fuqarolar uchun ayni muddao bo‘lyapti

Xabaringiz bor, Toshkent shahar sudi raisi Erkin Xodjakulov tomonidan fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlab, joyida ijobiy hal etish, kerakli huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida sayyor qabullar o‘tkazib kelinyapti.

Xususan, shu bugunga qadar Yashnobod, Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek tumanlarida huquqiy ko‘makka muhtoj fuqarolar uchun sayyor qabullar o‘tkazildi.

Bugun Bektemir tuman hokimiyatida bo‘lib o‘tgan galdagi sayyor qabulda esa sudyalar Bektemir fuqarolarining murojaatlariga quloq tutishdi. Bu haqda Toshkent shahar sudi matbuot kotibi Sadoqat Allaberganova xabar qildi.

Sayyor qabulda Toshkent shahar sudi raisi Erkin Xodjakulov, Toshkent shahar sudi raisi o‘rinbosari Shuxrat Abbasov, jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tuman sudi raisi Elza Shamsutdinova, fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudi raisi Behzod Sagatov va Toshkent shahar sudi sudyasi G‘ayrat Mashkurov, tuman sudyalari fuqarolarning murojaatlarini qabul qilishdi.

Sayyor qabulda jami 28 nafar fuqarolar qabul qilindi.

Qabul qilingan fuqarolarning 9 nafari jinoyat ishlari bo‘yicha, 18 nafari fuqarolik ishlar bo‘yicha, 1 nafari ma’muriy huquqbuzarlikka oid murojaatlarni tashkil etadi.

Shundan 22 nafar fuqaroning og‘zaki, 6 nafar fuqaroning yozma murojaatlari qabul qilindi.

Jami 28 ta murojaatlardan 22 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi, 6 ta murojaat joyida ijobiy hal etilib, murojatlar qanoatlantirildi.

Shuningdek, sayyor qabul doirasida o‘tgan sayyor sudda jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tuman sudi raisi Elza Shamsutdinova, tuman sudyalari Farhod Abdushukurov, Umidjon Xakimov tomonidan 6 nafar shaxs jazoni o‘tashdan muddatidan oldin ozod qilindi.

Jumladan, 63 yoshli mahkumga nisbatan tayinlangan ozodlikni cheklash jazosidan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish to‘g‘risidagi taqdimnoma ham ko‘rib chiqildi.

Mazkur ish bo‘yicha mahkum taqiqlangan ekinlarni yetishtirish va giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazishga suiqasd qilish jinoyati bilan aybli deb topilib, 10 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.

2019 yilda 2017 yildagi hukm o‘zgartirilib, 7 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.

2020 yilda esa o‘talmay qolgan 2 yil 13 kun ozodlikdan mahrum qilish jazosi ozodlikni cheklash jazosiga almashtirilgan.

— Jazoni o‘tash davrida o‘zimning jinoiy qilmishlarimni to‘liq anglab yetdim. Tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tdim. Shu bugunga qadar belgilangan taqiqlar, cheklovlar va majburiyatlarga to‘liq amal qilib keldim. Hatto yashash joyimdan ham ijobiy tavsifnoma berilgan. Bugun bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tuman sudi tomonidan jazo muddatining 1 yil 4 oy 6 kunini o‘taganligimni inobatga olgan holda menga nisbatan tayinlangan ozodlikni cheklash jazosidan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindim. Bundan buyon boshi berk ko‘chalarga qadam bosmaymiz, - deydi mahkum.

Eslatib o‘tamiz, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlab, joyida ijobiy hal etish, kerakli huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida Toshkent shahar sudi raisining navbatdagi sayyor qabuli 20 may kuni soat 10:00 da Sirg‘ali va Yangihayot tumanlari fuqarolari uchun bo‘lib o‘tadi.

Sayyor qabullar huquqiy ko‘makka muhtoj fuqarolar uchun ayni muddao bo‘lyaptiSayyor qabullar huquqiy ko‘makka muhtoj fuqarolar uchun ayni muddao bo‘lyaptiSayyor qabullar huquqiy ko‘makka muhtoj fuqarolar uchun ayni muddao bo‘lyaptiSayyor qabullar huquqiy ko‘makka muhtoj fuqarolar uchun ayni muddao bo‘lyaptiSayyor qabullar huquqiy ko‘makka muhtoj fuqarolar uchun ayni muddao bo‘lyapti


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!