Sayyohlardan COVID-19 ga qarshi emlanishni talab qilmaslik kerak — JSST

Sayyohlardan COVID-19 ga qarshi emlanishni talab qilmaslik kerak — JSST

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) sayohatlar uchun COVID-19 vaksinasiyasini tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilmaslikni tavsiya qildi, deyiladi JSST veb-saytida.

Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha JSST koronavirusga qarshi emlash talabi biron bir davlatga kirishning yagona sharti bo‘la olmaydi, deb hisobladi. Shuning uchun tashkilot sayohatchilardan emlanganliklarini isbotlashni talab qilishni tavsiya etmaydi.

Tashkilot ekspertlari bu qarorni bir qator mamlakatlar uchun vaksinalar mavjudligi hali ham past darajada ekanligi bilan asosladi. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, yuqori daromadli mamlakatlarda har 100 kishiga 133 dozada COVID-19 vaksinasi kiritilgan bo‘lsa, kam daromadli mamlakatlarda bu 100 kishiga atigi 4 dozani tashkil qiladi.

JSST bayonotida aytilishicha, davlatlar sayyohlarga munosabatda xavfga asoslangan yondashuvni qo‘llashlari kerak - kerak bo‘lganda reyslarni bekor qilish yoki kamaytirish, kerak bo‘lganda PZR testini talab qilish yoki karantin qilish.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!