Sayr ishtiyoqmandimisiz? Unda ko‘rkam Yedigo‘ller milliy bog‘ini ko‘rishingiz shart!

Sayr ishtiyoqmandimisiz? Unda ko‘rkam Yedigo‘ller milliy bog‘ini ko‘rishingiz shart!

G‘arbiy Qoradengiz mintaqasidagi Boludan 42 km uzoqlikda va Shimolda Zonguldakning janubida joylashgan ushbu milliy tabiat bog‘iga Anqara-Istanbul avtomagistralining 152 kilometrdagi Yenichag‘adan hamda 190 kmdagi Boludan ajratilgan yo‘llar orqali borish mumkin. 1642 gektar maydonni egallagan Yedigo‘ller havzasi 1965-yilda milliy park sifatida qaramog‘iga olingan. Havza shimoldan janubga 1500 m uzoqlikda joylashgan 7 ta ko‘ldan iborat joylashgan bo‘lib, bir-biri bilan yer usti va yer osti oqimlari bilan tutashgan bo‘lib, vodiylarni to‘suvchi siljish massalari natijasida hosil bo‘lgan. Yedigo‘ller milliy bog‘ida joylashgan "Ko‘yeri" manzilidagi Vizantiya davriga oid qoldiqlardan bu hududning qadimgi davrlarda aholi yashash punkti bo‘lganligini anglash mumkin.

Milliy bog‘da Buyukgo‘l, Seringo‘l, Deringo‘l, Nazligo‘l, Kuchukgo‘l, Injego‘l va Sazligo‘l kabi 7 ta ko‘l mavjud. Bu ko‘llar ikki platoda joylashgan bo‘lib, ular orasidagi balandlik farqi 100 metrni tashkil qiladi. O‘rtacha 780 metr balandlikdagi platoda joylashgan ko‘llarning eng kattasi Buyukgo‘ldir. Uning eng chuqur nuqtasi - 15 metr. Buyukgo‘lning janubi-sharqidagi Deringo‘l 20 metr uzunlikdagi oqadigan qismi bilan Buyukgo‘l bilan bog‘langan. Yedigo‘llerda jonli gulmohi balig‘ini yetishtirish uchun Buyukgo‘l naslchilik maqsadlarida ishlatiladi. Bu yerda 1969-yilda Turkiyadagi birinchi gulmohi balig‘i yetishtirish stansiyasi tashkil etilgan.

Seringo‘l ko‘li Buyukgo‘lning shimolida joylashgan.

Boshqa platodan 100 metr balandlikda joylashgan platoning eng keng ko‘li Nazligo‘ldir. U "Sharshara ko‘li" deb ham ataladi, chunki uning tubidan oqib chiqayotgan ko‘p miqdordagi suv ko‘lning shimoli-sharqida suv yuzasiga ko‘tarilib, sharshara paydo bo‘lishiga olib keladi. Sazligo‘l, Injego‘l va Kuchukgo‘l ham xuddi shu platoda joylashgan. Shimoldan janubga tushadigan mintaqadagi eng baland joy 1488 metr bilan Eyrikirish tepaligidir va eng past nuqtasi esa 465 metr bilan Kirazchati hisoblanadi.

Yedigo‘ller milliy bog‘i ilmiy tadqiqotlar uchun kuchli infratuzilmaga ega. Ko‘plab o‘simlik turlarini o‘z ichiga olgan ushbu tabiat parkida Turkiyaning eng go‘zal, bepoyon, tabiiy o‘rmonlari mavjud. Asosiy daraxt turlari bo‘lgan olxa, qayin, eman, terak, chinor, qayrag‘och, tog‘ay, sariq va qora qarag‘ay, archa, findiq, jo‘ka va kul daraxtlari ham baland, ham poyasi silliqdir. Shuningdek, qizil kitobga kiritilgan o‘simlik turlari ham mavjud. Yovvoyi hayvonlardan ayiq, to‘ng‘iz, bo‘ri, tulki, suvsar, olmaxon, bug‘u va quyon; qushlardan yovvoyi o‘rdak, yovvoyi kaptar hamda kaklik bor. Bundan tashqari, milliy bog‘ hududida 100 dan ortiq qush turlari aniqlangan.

Bu xususiyatlari bilan Yedigo‘ller milliy bog‘i tabiiy Jannat kabidir. Har yili may-sentyabr oylarida Buyukgo‘l va Deringo‘lda ma’lum to‘lov evaziga baliq tutish bilan shug‘ullanish mumkin. Ko‘llarda ko‘l gulmohi balig‘i va kamalak gulmohi balig‘i turlari mavjud. Yedigo‘ller milliy bog‘idagi “Kapankaya manzara ayvoni”ga chiqish orqali ko‘llarni va betakror manzara go‘zalliklarini ko‘rish mumkin. Shuningdek, bu yo‘nalishda tarixiy “Xotira daraxti” ham bor. Bundan tashqari, milliy bog‘dagi kiyik yetishtirish fermasiga tashrif buyurishingiz mumkin.

Sokin va osoyishta tuzilmasi, go‘zal manzaralari, rang-barang relyeflar, piyodalar yo‘laklari, sharsharalar, turli o‘simliklar va daraxtlar bilan bezatilgan yonbag‘irlarida sayr qilish, dam olish, suratga olish, sport bilan shug‘ullanish va kemping kabi ko‘ngilochar mashg‘ulotlar ushbu parkga tashrif buyuruvchi mahalliy va chet el turistlari tomonidan sevilib amalga oshiriladi. Shuni ham ta’kidlash mumkin-ki, ushbu ko‘rkam tabiat bog‘idagi 1 gektar maydonda chodir yoki karvonlarda ham turishingiz mumkin. Parkga tashrif buyurish uchun a’lo vaqt apreldan noyabrgacha. Milliy bog‘ hududida 18 turar joy va restoran xizmatlari ko‘rsatadigan jami 72 o‘rinli bungalov uylari turistlar xizmatiga doimo shay.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!