Saylov oldidan ayollar huquqlariga bag‘ishlangan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

Saylov oldidan ayollar huquqlariga bag‘ishlangan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

Bugun Xalqaro media hollda «Xotin qizlarning saylov huquqlari kafolatlari hamda saylovda ularning faolligini oshirishning dolzarb masalalari» mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Mazkur ochiq muloqot Respublika Xotin-qizlar jamoatchilik kengashi, Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi, Markaziy saylov komissiyasi, O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi, “Yuksalish” umummilliy harakati hamkorligida tashkil etildi.

Avval O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi, Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashi raisi Tanzila Narbayeva ochib berdi va ayollarning jamiyatdagi o‘rni, siyosiy bilimini oshirish, shuningdek, saylovlarda faol qatnashish kabi masalalar haqida so‘zladi.

Tanzila Narbayeva hozirgi vaqtda xotin-qizlar mamlakat aholisining qariyb 50 foizini tashkil etishi, ularning barcha sohalarda samarali mehnat qilishlari, shu jumladan, siyosiy boshqaruv, ijtimoiy-iqtisodiy hayotda faoliyat ko‘rsatishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilganligi, saylovlarda ayollarning o‘rni beqiyos ekanligini, bugungi globallashuv davrida xotin-qizlarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy faolligini oshirish davr talabiga aylanganligiga e’tibor qaratdi.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda Prezident saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalari a’zolarining 104 nafari va uchastka saylov komissiyalari a’zolarining 65 ming 974 nafarini xotin-qizlar tashkil etmoqda.

Ochiq muloqotda ishtirok etgan barcha ayollar, OAV vakillari va yoshlar bilan o‘zaro savol javoblar bo‘lib o‘tdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!