"Savodsiz GAI. Rasmga olishga xaqqing yo‘q" videosi yuzasidan ma’lumot

"Savodsiz GAI. Rasmga olishga xaqqing yo‘q" videosi yuzasidan ma’lumot

🌐 Ijtimoiy tarmoqda "Savodsiz GAI. Rasmga olishga xaqqing yo‘q" sarlavhasi ostida tarqalgan video (https://t.me/c/1497697231/3244) yuzasidan ma’lumot

⚡️Joriy yilning 24 sentyabr kuni soat 10:30 larda Jizzax viloyati, G‘allaorol tumanida xizmat olib borayotgan YPX xodimi S.Xo‘jamurodov tomonidan "Hyundai" rusumli avtomobil haydovchisi yo‘l chizig‘ining talabiga rioya qilmaganligi bois to‘xtatilgan.

🔹Xodim haydovchi S.B.ning e’tirozi bo‘lganligi sababli unga qog‘oz shaklida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirgan. Haydovchi bayonnoma bilan tanishib, suratga olmoqchi bo‘lganida YPX xodimi unga ruxsat bermagan.

❗️Mazkur holat yuzasidan Jizzax viloyati IIB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!