Savdo markazidagi rasta ustida qarovsiz qoldirilgan pullarni o‘g‘irlagan shaxs fosh bo‘ldi

Savdo markazidagi rasta ustida qarovsiz qoldirilgan pullarni o‘g‘irlagan shaxs fosh bo‘ldi

Qo‘qon shahrida fuqaro T.S IIBga murojaat qilib, unda 05 oktyabr kuni noma’lum shaxs, Navbahor ko‘chasida joylashgan «Risq-baraka» savdo kompleksida rasta ustida qarovsiz qoldirgan 1.115.000 so‘m pullarni o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan T.N ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!