Saudiya kompaniyasi o‘zbek ziyoratchilarga mehmonxona va aviasiya xizmatlarini taklif qildi

Saudiya kompaniyasi o‘zbek ziyoratchilarga mehmonxona va aviasiya xizmatlarini taklif qildi

O‘zbekiston elchisi Ulug‘bek Maqsudov Saudiya Arabistonining “MANAZIL” kompaniyasi raisi Sulton Ahmad Banun bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar berdi «Dunyo» AA.

Muzokaralarda Sulton Banun so‘nggi 5 yil ichida mamlakatlar o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik aloqalari rivojlanib borayotganini qayd etar ekan, bu aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida kompaniya o‘zbek tomoni bilan hamkorlik qilish taklifini bildirdi.

«MANAZIL» kompaniyasi Haj va Umra mavsumlarida chet ellik ziyoratchilarga mehmonxonalar va aviasiya xizmatlarini taqdim etish sohasida 30 yillik tajribaga ega. Bu borada Shimoliy Afrikadagi arab davlatlari bilan samarali hamkorligimiz mavjud. Biz O‘zbekiston bilan ham aloqalarni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdormiz. O‘zbekistonga safarimiz davomida tegishli tashkilot va firmalar bilan muzokaralar o‘tkazib, o‘zaro kelishuvga erishamiz, degan umiddamiz” - dedi kompaniya rahbari.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!