Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Fransiya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Fransiya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ar-Riyodda Fransiya tashqi ishlar vaziri Ketrin Kolonna bilan muzokara o‘tkazdi, deya xabar bermoqda CPA.

Tomonlar ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish yo‘llari, mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi masalalarni muhokama qildilar.

Fransiya diplomatiyasi rahbari Ar-Riyodga birinchi fevral oqshomida tashrif buyurdi.

Qirol Xolid xalqaro aeroportida uni Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Valid al-Xorijiy kutib oldi.

France 24 telekanali xabariga ko‘ra, Kolonna Saudiya Arabistoni bilan birga BAAga ham tashrif buyuradi.

Muzokaralar kun tartibidagi dolzarb mavzular orasida Eronning yadroviy o‘zgarishlari, Livan va Falastindagi vaziyat bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!