Saudiya Arabistoni va Ummon bug‘doy taqchilligi borasidagi xavotirlarga javob berdi

Saudiya Arabistoni va Ummon bug‘doy taqchilligi borasidagi xavotirlarga javob berdi

Saudiya Arabistoni o‘z fuqarolarini Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi va davom etayotgan urushi tufayli mamlakatda bug‘doy yetkazib berishda taqchillik yo‘qligini aytmoqda.

Saudiya Arabistoni telekanallaridan birining ko‘rsatuvida Saudiya Don tashkiloti (SAGO) raisi o‘rinbosari Zayd Al-Shabanat o‘z tashkilotining strategiyasi bir nechta mamlakatlar va qit’alardan don yetkazib berishdan iborat, deb ta’kidlagan.

Al-Shabanat podsholikda yetarli miqdorda don zaxirasi borligini va u Rossiya hamda Ukrainadan import qilinadigan har qanday miqdor Yevropa, Shimoliy yoki Janubiy Amerikaning boshqa manbalaridan qoplanishi mumkinligini tasdiqladi.

Shuningdek, u o‘tgan oy podsholik bozorlarini 2022 yilning so‘nggi choragida katta miqdorda don yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolanganini aytgan. «Qirollik Rossiya-Ukraina inqirozi ta’siridan ham kuchliroq bo‘lgan koronavirus pandemiyasining ta’sirini yengishga muvaffaq bo‘ldi», degan u.

SAGO raisi o‘rinbosarining izohlari Hindiston umumiy ta’minotni saqlab qolish va ichki oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida o‘zining barcha bug‘doylarini - barcha turdagi va navlarini eksport qilishni taqiqlaganini e’lon qilganidan bir necha kun o‘tib aytildi. Biroq, Nyu-Dehli bug‘doy eksporti bo‘yicha barcha qaytarib bo‘lmaydigan shartnomalar hurmat qilinishiga ishontirgan, bu esa Misr va boshqa ba’zi mamlakatlarni taqiqdan ozod qilish imkonini beradi.

Qo‘shni Ummon ham xalqiga o‘z kafolatlarini berdi, Oman Flour Mills Company (OFMC) bosh direktori Haytam Muhammad Al Fanna bergan intervyusida «Hindistondan ikkita partiya bug‘doy keldi va uchinchi jo‘natma ham tez orada yetib keladi» degan.

Al-Fanna qo‘shnisi kabi import manbalarini diversifikasiya qilayotganini va bir manbaga tayanishdan bosh tortishini qo‘shimcha qilgan. «Bundan tashqari, bizda Avstraliyadan muntazam yetkazib beriladigan mahsulotlar ham bor va bu zaxiralar joriy yilning oxirigacha yetarli», degan u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!