Saudiya Arabistoni turistlarga viza berishni tiklamoqchi. Muddat...

Saudiya Arabistoni turistlarga viza berishni tiklamoqchi. Muddat...

Saudiya Arabistoni 2021 yilning boshidan xorijdan keladigan sayyohlarga beriladigan vizalarni tiklamoqchi. Qirollik koronavirusning oldini olish uchun boshqa mamlakatlar singari bir necha oydan beri turistlarni mamlakat hududiga kirishlariga ruxsat bermayotgandi.

Qirollik iqtisodini neftga qaramlikdan olib chiqib ketishga qaratilgan isloholatlarda turizm sohasi muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Saudiya 2019 yilning sentyabr oyida xorijlik sayyohlar uchun o‘z eshiklarini ochgan va dunyoning 49 ta mamlakati fuqarolariga yangicha viza tartibini joriy qilgandi. Saudiya hukumati 2030 yilgacha turizmni mamlakat yalpi ichki mahsulotining 10 foizini qamrab oladigan darajada rivojlantirishni maqsad qilgan.

“Hozircha turistik vizalarni berishni keyingi yilning boshidan boshlash haqida o‘ylamoqdamiz. Agar koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yaxshilansa yo vaksina yaratishda biror yaxshi xabarlar paydo bo‘lsa, biz viza berishni ertaroq boshlashimiz ham mumkin” deydi Saudiyaning turizm vaziri Ahmad Al-Hatib.

Saudiya Arabistoni fevral oyining oxirida 25 ta mamlakatdan keladigan musulmonlarning Umra uchun mamlakatga kelishlarini to‘xtatgandi. Mart oyiga kelib Saudiya hukumati barcha kirish va chiqish yo‘llarini yopdi.

Ma’lumot uchun, Saudiya Arabistonida hozirgacha 332 790 kishi koronavirus bilan kasallangan va ularning 4655 nafari vafot etgan. Qirollikda yangi kasallanish holatlari so‘nggi haftalarda sezilarli darajada kamaygan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!