Saudiya Arabistoni Yevropani husiylarga qarshi kurashga qo‘shilishga chaqirdi
Saudiya Arabistoni Yaman husiylariga qarshi ehtimoliy yangi harbiy amaliyotda Yevropa davlatlaridan harbiy yordam kutib qolmoqda. Bu haqda Saudiya razvedka xizmatining sobiq rahbari shahzoda Turkiy ibn Faysal al-Saud ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa ham mintaqadagi xavfsizlikdan manfaatdor, chunki Bob al-Mandab bo‘g‘ozi orqali Sues kanali va Yevropa tomon muhim savdo yo‘llari o‘tadi.
Shahzoda Fransiya allaqachon qo‘llab-quvvatlayotganini, Buyuk Britaniya havoda yoqilg‘i quyishda yordam berayotganini, Pokiston va Turkiya esa ta’minot, o‘q-dori va razvedka ma’lumotlari bilan ko‘maklashayotganini ta’kidladi.
Turkiy ibn Faysal Yevropa davlatlarini savdo yo‘llari xavfsizligini ta’minlashda faolroq ishtirok etishga chaqirdi. Uning ta’kidlashicha, bu mas’uliyat faqat AQSh zimmasida qolmasligi kerak.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
