Sariosiyo tumanida sel oqizib ketgan ikki fuqaroning ham jasadi topildi

Sariosiyo tumanida sel oqizib ketgan ikki fuqaroning ham jasadi topildi

Avval xabar berganimizdek, kecha, 10-may kuni soat 16:00 lar atrofida Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanining tog‘li hududi “Bog‘iston” MFY “Zoxona” qishlog‘ida qisqa muddatli kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida sel oqimi hodisasi yuzaga kelgan edi.

Hodisa oqibatida ushbu hududda o‘zining “Nexia" rusmli avtomashinasida bo‘lgan Uzun tumani "Istiqlol” mahallasida yashovchi ikki nafar fuqaroni ham sel oqimlari oqizib ketgan edi.

FVV qutqaruvchilari va hamkorlikdagi tashkilotlar bilan olib borilgan qidiruv-qutqaruv va sel oqimi oqibatlarini bartaraf etish jaryonida avtomobil va bir nafar fuqaro “To‘palang” daryosi o‘zanidan topildi.

Sariosiyo tumani “To‘palang” daryosida sel oqibatida qidirilayotgan ikkinchi fuqaro hpm topildi
(Qo‘shimcha ma’lumot)

Sariosiyo tumanining tog‘li hududi “Bog‘iston” MFY “Zoxona” qishlog‘ida qisqa muddatli kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida sel oqimi hodisasi oqibatida qidirilayotgan ikkinchi fuqaroning ham jasadi topildi.

Ayni vaqtda “To‘palang” daryosi o‘zanidan ikkinchi fuqaroning jasadi olib chiqilmoqda, ikkinchi fuqaroning jasadi birichi fuqaro jasadi topilgan joydan taxminan 5 km quyidan topildi.

Voqea joyida FVB qutqaruvchilari, Milliy Gvardiya, Ichki ishlar va tegishli xizmatlar xodimlari tomonidan sel oqimi oqibatlarini bartaraf etish ishlari davom ettirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!