Sardor Umurzoqov Afg‘oniston delegasiyasi bilan muzokara o‘tkazdi

Sardor Umurzoqov Afg‘oniston delegasiyasi bilan muzokara o‘tkazdi

O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari — investisiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Afg‘oniston sanoat va savdo vaziri vazifasini bajaruvchi Nuriddin Aziziy boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi.

Uchrashuvda investisiyalar, savdo, transport va logistika sohasidagi o‘zbek-afg‘on hamkorligi kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr almashildi. Yuqoridagi yo‘nalishlarning har biri bo‘yicha qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishga oid navbatdagi tadbirlar kelishib olindi.

Muloqot doirasida “Termiz—Mozori Sharif—Kobul—Peshovar” trans-afg‘on temir yo‘lini qurish loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari ham ko‘rib chiqildi. Iyul oyining ikkinchi yarmida temir yo‘l yo‘nalishi bo‘ylab dala tadqiqotlari tashkil etishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

O‘zbekiston tomoni afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatishni davom ettirish va Afg‘oniston bilan ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!