Sardobaning zarar ko‘rgan aholisiga qancha pul topshirildi?

Sardobaning zarar ko‘rgan aholisiga qancha pul topshirildi?

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi matbuot kotibi Saodat Boymirzayeva «Sardoba» to‘g‘oni ofatini bartaraf etish ishlari yuzasidan hisobot taqdim etdi:

— Mirzaobod tumanidagi mahallalar fuqarolari uchun 42 milliard 840 mln so‘mlik sertifikatlar:

— Oqoltin tumani bir qator MFY aholisiga 50 milliard 240 mln so‘mlik sertifikatlar,

— Sardoba tumanidagi zarar ko‘rgan mahalla aholisiga 67 milliard 920 million so‘mlik sertifikatlar tarqatildi.

— Yana 505 ta oilaga sertifiklarni yetkazish ishlari olib borilmoqda.

— 68 nafar hunarmandga 200 dan ortiq shogird biriktirildi.

— Aholi bilan suhbatlar davomida uy-joy va boshqa hujjatlar bilan bog‘liq 6 343 ta hamda uy hayvonlari bilan bog‘liq 18 808 ta mavjud muammo aniqlandi.

— Mirzaobod tumanidan 246 nafar fuqaro Andijondagi «Xonobod» dam olish maskaniga, 69 nafari esa Farg‘onadagi «Nurafshon» sihatgohiga yuborildi. Ularning 106 nafari — bolalar, 209 nafari — ayollar.

— 94 nafar bola Andijon viloyatidagi «Avtomobillar» bolalar oromgohiga jo‘natildi.

— 40 million so‘m pul mablag‘larini yetkazish uchun 3 894 nafar fuqaro ro‘yxati shakllantirilgan edi. Murojaatlar asosida yana 1 193 nafar fuqaroning moddiy yordam uchun ro‘yxati tuzildi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!