Sardobalik ayolga nega 40 mln so‘m pul va maishiy texnikalar berilmagan? Aniqlik kiritildi (VIDEO)

Sardobalik ayolga nega 40 mln so‘m pul va maishiy texnikalar berilmagan? Aniqlik kiritildi (VIDEO)

Sardoba tumani hokimligi Axborot xizmati “Hovlimizni suv yuvib ketdi, bor-budimizdan ajraldik, ammo prezidentimiz ajratgan pulni bermay sarson qilishyapti”, — nomli maqola yuzasidan munosabat bildirdi.

Sardoba tumani Yurtdosh MFY Orasta ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro Muratova Gulnoza Ergashevnaning Prezident tomonidan moddiy yordam sifatida berilayotgan kompensasiya puli ajratilishi to‘g‘risida qilgan murojaati tuman hokimligi Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash bo‘limi, Yurtdosh mahallasi faollari hamda ishchi guruh a’zolari bilan hamkorlikda o‘rganib chiqildi.

O‘rganish davomida fuqaro G.Muratova turmush o‘rtog‘i Muratov Nodir Norboyevich hamda 2 nafar farzandi bilan Yurtdosh MFY Orasta ko‘chasidagi raqamsiz xonadonda birga istiqomat qilganligi, ishchi guruh tomonidan suv toshqinidan talofat ko‘rgan xonadonlarni o‘rganish jarayonida fuqaro G.Muratovaning yashash uyida xech kim bo‘lmaganligi, turmush o‘rtog‘i N.Muratov Rossiya davlatiga ishlash uchun ketganligi, oilaviy kelishmovchiliklar sababli qayniotasi Muratov Norboy Boboqulovich uy-joyning kadastr hujjatlarini o‘zining nomiga rasmiylashtirib olganligi ma’lum bo‘ldi.

Ammo ushbu xonadonda fuqaro G.Muratova doimiy istiqomat qilganligi, suv toshqini oqibatida talofat ko‘rgan xonadonlar ro‘yhatiga kiritilganligiga qaramay, ushbu ko‘chada fuqaro N.Muratov o‘zi doimiy istiqomat qilgan xonadon ham o‘zining nomida bo‘lganligi, bir fuqaro nomiga ikki marta bank plastik kartasi rasmiylashtirilmasligi sababli kompensasiya puli hamda maishiy texnikalar uchun sertifikatlar berilmagan.

Qayta o‘rganish davomida fuqaro G.Muratova doimiy istiqomat qilgan xonadoni tegishli mutasaddi tashkilotlar tomonidan imzolangan talofat ko‘rgan xonadonlarning qo‘shimcha ro‘yhatiga kiritilgan, yaqin kunlar ichida Prezidentimiz tomonidan moddiy yordam sifatida berilayotgan 40 mln. so‘mlik kompensasiya puli hamda maishiy texnikalar uchun sertifikatlar beriladi, – deyiladi bayonotda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!