Sardoba va Olot tumanlarida o‘qishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Sardoba va Olot tumanlarida o‘qishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sardoba tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro F.SH. boshqa bir fuqaro H.ni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Guliston davlat universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 10 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Olot tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar N.H. va S.B. fuqaro Z.ning qizini Buxoro tibbiyot texnikumiga o‘qishga kiritib qo‘yishni 800 AQSh dollariga kelishib, shundan 400 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlanganlar, shuningdek tadbir davomida ushbu fuqarolar Z.ning to‘ng‘ich qizini ham texnikumga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 500 AQSh dollarini olganligi aniqlanib, 200 AQSh dollarini qaytarganliklari prosessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!