Saratonni ilk bor jarrohlik yo‘li bilan davolagan musulmon olimni bilasizmi?

Saratonni ilk bor jarrohlik yo‘li bilan davolagan musulmon olimni bilasizmi?

Abulqosim Zahroviy dorini bemorning qoniga aralashtirib (tomirdan) yuborilsa, uning ta’siri tez bo‘lishini tajribalar orqali kashf qildi. Shuning uchun u kishi hozirgi kunimizgacha ishlatib kelinayotgan tibbiy shpris- ukolning ixtirochisi sanaladi.

Bu zot o‘sha davrda Andalusiyada eng buyuk jarroh deya tanilgan. Shu sababdan uni «zamonaviy xirurgiyaning otasi» deb ham sifatlashadi. Uning qalamiga mansub ulkan qomusiy qo‘llanma «At-Tasrif liman ’ajaza ’anit ta’lif» kitobi bo‘lib, o‘ttiz jilddan iboratdir.

Musulmon tibbiyot olimi Abulqosim Zahroviy tarixdagi birinchi stomatolog - tish jarrohi ham ekanini bilasizmi?

Ushbu olim tish jarohati uchun maxsus uskunalarni ixtiro qilgan. Undan tashqari tishni tekislovchi uskunani ham yasagan. U tish tekislashda tilla va kumush iplardan foydalangan.

O‘zi ta’lif etgan kitobida tishni sug‘urish, milk ostidagi singan ildizni sug‘urish haqida to‘xtalgan. U og‘iz, milk va tishga yetadigan kasalliklar muolajasi haqida ham bir fasl yozgan.

Undan tashqari, Abulqosim Zahroviy tarixda birinchi bo‘lib, ko‘krak bezi saratonini jarrohlik yo‘li bilan davolagan. U 200 dan ortiq jarrohlik asboblarni ixtiro qilgan olim hisoblanadi. U saratonni boshlang‘ich davrida to‘lig‘icha olib tashlash imkoni bo‘lsa, davolash mumkin deydi.

Olim Ispaniyaning Madinatuz Zahro shahrida 936-milodiy sana tug‘ilib, 1013-milodiy sanada Qurtuba shahrida vafot etgan. X – XI asrlarda yashab ijod qilgan. Yevropada uni «Abulkasis - Al-Zahrawi Albucasis» deb nomlashgan.

Bobur Ahmad tayyorladi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!