Saratonga chalingan bemor qanday ovqatlanishi kerak?

Saratonga chalingan bemor qanday ovqatlanishi kerak?

Samarqandda Toshkent tibbiyot akademiyasi professori, Respublika shoshilinch tibbiy yordam o‘quv-mashg‘ulot markazi direktori Vyacheslav Avakov ishtirokida o‘tkazilgan mahorat saboqlarida ana shu savolga javob izlandi.

O‘zbekiston Onkologlar uyushmasi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning Samarqand filiali hamkorligida tashkil etilgan tadbirda viloyatda faoliyat yuritayotgan soha mutaxassislari, yosh xodimlar ishtirok etdi.

– Keyingi yillarda yurtimizda onkologik kasalliklarni erta aniqlash va samarali davo muolajalarini qo‘llash, davolash- profilaktika muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda, – deydi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali bolalar onkologi Bahodir Boyqobilov. – Bu jarayonda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, to‘g‘ri ovqatlanish madaniyatini shakllantirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Chunki ayrim onkologik xastaliklar sog‘lom ovqatlanish tartiblariga rioya qilmaslik oqibatida kelib chiqadi. Bugungi mahorat saboqlari ham ushbu masalaga qaratilgani bilan dolzarb hisoblanadi.

Mahorat saboqlari davomida professor V.Avakov saratonga chalingan bemorlarni to‘g‘ri ovqatlantirish tartibi, uni amalga oshirish yo‘llari, taomnomani tuzishda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar to‘g‘risida ma’lumot berdi. Har bir jarayon amaliy misollar bilan tushuntirildi.

Manba: uza.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!