“Santa Barbara”ning yana bir yulduzi vafot etdi

“Santa Barbara”ning yana bir yulduzi vafot etdi

Aktyor Piter Mark Richman 14 yanvar kuni 94 yoshida vafot etdi, deb xabar berdi “Variety”.

Ta’kidlanishicha, Los-Anjelesdagi uyidagi yashab kelgan aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.

Piter Mark Richman “Santa Barbara”dagi Si Si Kepvell rolini 1-dan 33-qismgacha birinchilardan bo‘lib ijro etgan. Shuningdek, u “Alfred Xichkok taqdim etadi”, "Qora orxideya", "Yalang‘och qurol 2 1/2: Qo‘rquv hidi", “Sulola”, “Beverli-Xillz, 90210”, “Yulduzi yo‘l”, “A.N.K.L agentlari” hamda “Bajarib bo‘lmas topshiriq” kabi filmlar hamda seriallarida ishtirok etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!