Sankt-Peterburg gubernatori Toshkentga keladi

Sankt-Peterburg gubernatori Toshkentga keladi

Aleksandr Beglovning O‘zbekiston poytaxtiga amalga oshirilishi rejalashtirilgan tashrifidan qator tadbirlar o‘rin olgan.

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri gubernatori Aleksandr Beglov oktyabr oyida Toshkentga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda.

O‘zbekiston poytaxtida Toshkent shahar hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikasiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Faxriddin Davrukov va Sankt-Peterburg shahri Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Nana Gvichiya Beglovning tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini muhokama qilishdi.

Ma’lum qilinishicha, Peterburg gubernatori tashrifi bo‘yicha avval ishlab chiqilgan “yo‘l xaritasi"ni turizmni rivojlantirish, xususan, uzluksiz ta’lim tizimida turizm sohasida Xalqaro vakolatlar markazini tashkil etish bo‘yicha bandlar bilan to‘ldirish taklif qilinmoqda.

Tashrif doirasidan Sankt-Peterburg Qonunchilik kengashi rahbariyatining xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi vakillari bilan uchrashuvi ham o‘rin oladi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda biznes-forumini o‘tkazish, Ikkinchi jahon urushi davrida qamaldan aziyat chekkanlarni qabul qilgan o‘zbeklarga minnatdorchilik yodgorligini o‘rnatish va Sankt-Peterburg san’at ustalarining konserti rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!