Sandu: “Rus qo‘shinlarining mamlakatimizdan chiqib ketishini istaymiz!”

Sandu: “Rus qo‘shinlarining mamlakatimizdan chiqib ketishini istaymiz!”

Moldova prezidenti Mayya Sandu BMT minbaridan Rossiya qo‘shinlarini chap Dnestrdan to‘liq va so‘zsiz olib chiqib ketishni talab qildi, deb xabar bermoqda MOLDPRES.

Mayya Sandu BMT Bosh Assambleyasining 77-sessiyasidagi nutqida Moldova suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qilishga chaqirdi.

Uning ta’kidlashicha, Rossiya harbiylarining Dnestr yoqasida noqonuniy joylashib turgani betaraflikni buzadi va Moldova xavfsizligiga xavf tug‘diradi.

“Biz Dnestrning chap qirg‘og‘idan Rossiya qo‘shinlarini olib chiqib ketishni va Kobasnadagi omborlardagi o‘q-dorilarni yo‘q qilishni talab qilamiz”, — dedi davlat rahbari.

Prezident BMT minbaridan turib Kishinyovda mojarolar tufayli bo‘linib ketgan mamlakat bo‘lish nimani anglatishini bilishini ta’kidlab, 1992 yildagi fojiali urushni, uning oqibatlarini Moldova hamon his qilayotganini esladi.

Davlat rahbari Rossiyaning Ukrainaga qarshi boshlagan urushini yana qoraladi va qo‘shni davlatning mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashini, shuningdek, “omon qolish, adolat va erkinlik uchun kurashda davom etayotgan” ukrainaliklarga qoyil qolishini bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!