Samsung kompaniyasining vafot etgan rahbarining farzandlari rekord darajada katta meros soliqlarini to‘lashadi

Samsung kompaniyasining vafot etgan rahbarining farzandlari rekord darajada katta meros soliqlarini to‘lashadi

Samsung kompaniyasining vafot etgan rahbari Li Gon Xining farzandlari meros uchun rekord darajada yuqori soliq to‘lashadi.

Bu haqda “Yonhap” yangiliklar agentligi xabar berdi.

Samsung raisi Li Gon Xi 25 oktyabr kuni 78 yoshida vafot etdi. U 1987 yilda otasi va guruh asoschisidan keyingi ikkinchi rais bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, Li Gon Xi o‘zidan keyin faqat aksiya aktivlari ko‘rinishidagi 15,9 milliard dollarga teng katta meros qoldirgan.

Manbalarga ko‘ra, merosxo‘rlar faqatgina aksiyalar uchun 9 milliard dollarga yaqin meros solig‘ini to‘lashlari kerak.

Li Gon Xidan rafiqasi, bir o‘g‘il va ikki qiz qoldi. To‘ng‘ich qizi Li Bu Chjin “Samsung Hotel Shilla”, kichik qizi Li So Xen esa Samsung xayriya jamg‘armasiga rahbarlik qiladi.

Uchinchi qizi Li Yun Xen 2005 yilda o‘z joniga qasd qilgan.

2014 yilda korporasiya nazorati uning o‘g‘li va vorisi deb hisoblaniladigan “Samsung Electronics” vise-prezidenti Li Chje Yonga o‘tgan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!