Samsung iPhone’dan o‘tib ketti

Samsung  iPhone’dan o‘tib ketti

“Roskachestva” iste’molchilar va mahsulotlar sifat tadqiqoti Xalqaro assosiasiyasi (International Consumer Research & Testing, ICRT) xodimlari bilan birgalikda 2018 yilning eng yaxshi smartfonlari reytingini tuzdi.
 
Birinchi uchlikdan Samsung Galaxy Note 9, iPhone XS Max va iPhone XS modellari o‘rin oldi. Yuqori to‘qqiztalikka Samsung Galaxy S9, Samsung Galaxy S9+, Samsung Galaxy S8, Huawei Mate 20 Pro, iPhone XR, Samsung Galaxy S8+, o‘ninchi o‘ringa esa iPhone 8 Plus va Huawei P20 Pro chiqdi.
 
“Smartfonlar 299 parametr bo‘yicha tekshiruvdan o‘tkazildi”, deb xabar beradi “Roskachestva”. Eng asosiy e’tibor esa displey, xotira, chidamlilik, kamera sifati, quvvat olish tezligi va shu kabi sifatlarga qaratildi.
 
Tadqiqot jarayonida assosiasiya xodimlari tomonidan smartfonlarning 415 xil modeli sinovdan o‘tkazildi. Ulardan 106 xil model allaqachon muomaladan chiqarilgan. Foydalanuvchilar yangi modellarni eskilari bilan solishtirishlari uchungina mazkur eski modellar arxivda saqlanib turibdi, deyiladi xabarda.

Manba: qalampir.com


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!