Samir Abbosov: “Ozarbayjon ekofaollari hududimizdagi ekologik falokatga norozilik aksiyasi o‘tkazmoqda va hech qanaqa blokada haqida so‘z bo‘lishi mumkinmas”

Samir Abbosov: “Ozarbayjon ekofaollari hududimizdagi ekologik falokatga norozilik aksiyasi o‘tkazmoqda va hech qanaqa blokada haqida so‘z bo‘lishi mumkinmas”

— Samir Abbosov, 50 kundan beri Ozarbayjon fuqarolar jamiyati namoyandalari, ekofaollar mamlakatingizning Qorabog‘ viloyatida e’tiroz aksiyasi o‘tkazishmoqda. Bu aksiyaning asosiy sababi nima?

— Ma’lumki, Armaniston Ozarbayjon hududining 20 foizini qariyb 30 yil davomida bosib olgan, ular nafaqat sobiq Tog‘li Qorabog‘ avtonom viloyatini, balki Ozarbayjonning ushbu viloyatga yaqin va undan kattaroq yettita viloyatini ham bosib olgan. Biroq bu yerda hech qachon etnik armanlar yashamagan.

Ozarbayjonning bosib olingan hududlaridan bir million ozarbayjon quvg‘in qilindi, ularning barcha mol-mulki o‘zlashtirildi, 12 ta shahar va minglab qishloqlarimiz vayron bo‘ldi, bu yerda barcha infratuzilmalar yo‘q qilindi, qishloqlarda tinch aholi yashab bo‘lmaydigan ahvol yuzaga keldi. Tarixiy va madaniy yodgorliklarimizning aksariyati vahshiylarcha vayron qilindi, 67 ta masjidimizdan 65 tasi yo‘q qilindi, qolgan masjidlar hayvon va cho‘chqaxona sifatida foydalanildi, Islom merosi haqoratga uchradi.

2020 yilning sentyabr-noyabr oylarida 44 kun davom etgan Vatan urushi natijasida Ozarbayjon xalqaro huquq tomonidan tan olingan hududlarini Armanistondan ozod qildi va 9 noyabr kuni Ozarbayjon, Armaniston va Rossiya davlat rahbarlari tomonidan imzolangan uch tomonlama bayonotga ko‘ra, Ozarbayjonning arman aholisi Qorabog‘ mintaqasiga vaqtincha (5 yil muddatga) Rossiya tinchlikparvar kuchlari joylashtirildi.

Hozirda arman separatistlari Rossiya tinchlikparvar kuchlari joylashgan hududda faol harakat qilmoqda, ular Ozarbayjonning suveren huquqini buzgan holda bu hududlardagi mamlakatimizga tegishli oltin va boshqa foydali qazilmalar konlarini avvalgidek talamoqda, hududlarimizda haqiqiy ekologik terrorni amalga oshirishmoqda.

Bunga chek qo‘yish talabi bilan Ozarbayjon fuqarolik jamiyati vakillari, ekologiya faollari mamlakatimizning Qorabog‘ viloyatida norozilik aksiyasi o‘tkazmoqda.

Ozarbayjon Ekologiya va tabiiy resurslar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Ozarbayjonning bosib olingan Oqdara tumanidagi Qizilbuloq konida 13,6 birlik oltin va 47,9 million tonna mis, Mehmane konida sanoat zaxiralari 37,3 million tonna bo‘lgan qo‘rg‘oshin, 40,4 million tonna rux mavjud. Demirli mis konining sanoat zaxiralari 100 million tonnani tashkil etadi. OUshbu hududlarda, shuningdek, mintaqada Janyatog‘-Gulyatog‘ oltin koni mavjud edi. Bu Ozarbayjonning suveren hududi va xalqimizning tabiiy boyligidir. Qaysi davlat o‘z hududidagi tabiiy boyliklarini boshqa davlat ko‘magida talon-taroj qilish va mamlakatdan olib chiqishga rozi bo‘ladi.

Armaniston har doimgidek o‘z jinoyatlarini yashirish uchun Rossiya tinchlikparvar kuchlari nazorati ostidagi hududda etnik armanlarning gumanitar falokatga yuz tutayotgani kabi soxta ma’lumotlardan foydalanib, xalqaro jamiyatni chalg‘itishga urinmoqda.

Aksiya tinchlik tayangan holda o‘tkazilib, ekologik terrorizmga chek qo‘yishni, noqonuniy talon-taroj qilingan Ozarbayjon boyliklarining xorijga olib chiqilishiga yo‘l qo‘ymaslikni talab qilmoqda.

Samir Abbosov: “Ozarbayjon ekofaollari hududimizdagi ekologik falokatga norozilik aksiyasi o‘tkazmoqda va hech qanaqa blokada haqida so‘z bo‘lishi mumkinmas”

— Samirbey, biz hozirda bir qator matbuotlarda ozarbayjon faollarining e’tiroz aksiyasi natijasida Qorabog‘da yashovchi arman aholisi foydalanayotgan Lochin yo‘lining yopilgani, mintaqada gumanitar muammolar yuzaga kelgani to‘g‘risida ma’lumot olyapmiz.

— 2018 yilda Ozarbayjon Bosh prokuraturasi bosib olingan hududlar boyliklarining talon-taroj qilinishi yuzasidan xalqaro sudlarga bir necha bor murojaat qilgan. Yurtimiz ishg‘oldan ozod etilgach, voqea joyida bevosita tergov ishlari olib borilib, yangi faktlar aniqlandi.

Ozarbayjon Bosh prokuraturasi 2020 yilda o‘tkazilgan tergovga oid muayyan ma’lumotlarni e’lon qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Vejnali qishlog‘idagi rangli metall konlari bo‘yicha noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullangan «Vallex Group» kompaniyalar guruhining Shveysariyada rasman ro‘yxatdan o‘tgan filiali «Base Metals» yopiq aksiyadorlik jamiyati 2009-2017 yillarda jami 301 million 918 ming manat miqdorida noqonuniy daromad olgan.

Ozarbayjon huquq-tartibot idoralari istilo davrida milliy boyliklarimizni talon-taroj qilgan shirkat va shaxslarni tergov qilish va qidirishni davom ettirmoqda.

Bosqindan ozod qilingan hududlardan farqli o‘laroq Rossiya tinchlikparvar kuchlari vaqtincha joylashgan hududlarda tabiiy boyliklarimizni talon-taroj qilish davom etmoqda. Qorabog‘ iqtisodiy tumanida boshlangan ekologik monitoringdan maqsad noqonuniy faoliyatning oldini olish bo‘lib, tekshiruvlar davom etar ekan, yangi faktlar yuzaga chiqishi mumkin.

Albatta, bu arman targ‘iboti tomonidan tarqatilgan asossiz dezinformasiya hisoblanadi. Biz har kuni Xonkendi-Lochin yo‘lidan tinchlikparvar kuchlar va xalqaro qizil xoch jamiyatiga tegishli mashinalar kelib, Ozarbayjonning Rossiya tinchlikparvar kuchlari nazorati ostidagi, etnik armanlar istiqomat qiladigan Xonkendi shahriga kirib kelayotganiga har kuni guvoh bo‘lamiz.

U yerda hatto 30 ming kishi ham yashamaydi. Istiqomat qiluvchilarning aksariyati Ozarbayjonning hududiy yaxlitligi va suveren huquqlariga qarshi chiqqan separatchi jangchilardir. U yerda yashovchi tinch aholi Ozarbayjon bilan birga yashash tarafdori. Shunchaki, ularning jinoyatchi, separatchi rahbarlari bunga yo‘l qo‘ymaydi.

Agar ular aytgandek, bu odamlar «gumanitar falokat»ga duchor bo‘lgan bo‘lsa, nega aksiyalarga chiqmaydi? Demak, bu gaplarning bari yolg‘on. Aslida esa u yerda yashovchi kam sonli arman aholi ko‘chaga chiqmay, bu harakati bilan separatchi va terrorchilarning asiriga aylanganini namoyish qilishni xohlaydi, ularning bosimidan ozod bo‘lishga urinmoqdalar.

Bugun ishg‘oldan ozod qilingan Ozarbayjon hududlari, o‘z uy-joyidan haydalgan va turli etnik tozalashga uchragan bir million ozarbayjon xalqi nihoyat 30 yildan so‘ng o‘z vataniga qaytishni kutmoqda. Armaniston har xil ig‘volarni qo‘llash orqali ularning o‘z vataniga qaytishiga to‘sqinlik qilmoqda, ozod qilingan hududlarimizda qurilish-ta’mirlash ishlarini olib borishiga g‘ov bo‘lmoqda.

Arman targ‘ibotchilari Ozarbayjonni yo‘lni to‘sayotganlikda ayblamoqda: «Bu ham g‘irt yolg‘on. Aksiya tinchlikka asoslangan holda ekologik terrorizmga chek qo‘yish, Ozarbayjon boyliklarining noqonuniy talon-taroj qilinishiga, xorijga olib chiqilishiga yo‘l qo‘ymaslikni talab qilyapti, xolos.

Aksincha, Ozarbayjon u yerda yashayotgan arman aholisini o‘z fuqarosi deb hisobga olgani uchun har qanday insonparvarlik yordamini ko‘rsatishga tayyorligini rasman ma’lum qildi. Shu munosabat bilan ular hatto telefon raqamlarini ham e’lon qilishdi. Bularning barchasi buzg‘unchilar va revanshistlar bo‘lib o‘tgan voqealardan hanuzgacha biror xulosa chiqarmayotganligini, o‘zlarining jinoiy faoliyatini davom ettirish uchun turli yolg‘on ma’lumotlarni tarqatish orqali jahon jamoatchiligini aldamoqchi ekanliklarini yana bir bor isbotlaydi. Bu yolg‘onlar endi befoyda va hech kim ularga imkon bermaydi.

Ozarbayjon, Armaniston va Rossiya davlat rahbarlari o‘rtasida imzolangan uch tomonlama bayonotning 6-bandiga ko‘ra, Ozarbayjon Respublikasi Lochin yo‘lagi bo‘ylab ikki yo‘nalishda fuqarolar, transport vositalari va yuklarning harakatlanishi xavfsizligini kafolatlaydi. Bu xavfsizlik kafolati Lochin yo‘lini suiiste’mol qilinishining oldini olish demakdir.

Davlatimiz bir necha bor Armaniston Lochin yo‘li suiiste’mol qilinishining oldini olish o‘rniga, uch tomonlama bayonotga zid ravishda Armanistonda yangi ishlab chiqarilgan minalarni Ozarbayjonga olib kelish uchun Lochin yo‘lidan foydalanish bilan mashg‘ul ekanini va bunga ko‘z yumib bo‘lmaslikni ma’lum qildi. Bu minalarning armanlar tomonidan Ozarbayjon hududlariga joylashtirilishi natijasida so‘nggi ikki yilda 300 ga yaqin ozarbayjonlik tinch aholi yurtlarimizda mina terrorizmi qurboni bo‘ldi.

Ozarbayjon, Armaniston va Rossiya davlat rahbarlari o‘rtasida imzolangan, shuningdek, Armaniston rahbarlari tomonidan tasdiqlangan uch tomonlama bayonotga zid ravishda Rossiya tinchlikparvar kuchlari tomonidan nazorat qilinayotgan Ozarbayjon hududlaridan hali ham chiqarib yuborilmagan arman kuchlarini ta’minlash va rotasiya qilishda davom etayotganida, Armaniston qanday qilib adolat haqida gapirishi mumkin.

Bularning barchasi, shuningdek, Rossiya tinchlikparvar kuchlari nazoratidagi Ozarbayjon hududida noqonuniy qazib olingan tabiiy boyliklarni Armanistonga olib o‘tishni tashkil etishi Armaniston o‘z majburiyatlarini bajarishdan manfaatdor emasligini, bosqinchilik siyosatini davom ettirayotganini yana bir bor isbotlaydi. Ozarbayjonga qarshi va xalqaro huquqqa zid harakatni davom ettirmoqda».

Samir Abbosov: “Ozarbayjon ekofaollari hududimizdagi ekologik falokatga norozilik aksiyasi o‘tkazmoqda va hech qanaqa blokada haqida so‘z bo‘lishi mumkinmas”

— Samirbey, jahon matbuotida bugun biz ko‘proq arman tomonining iddaolarini eshityapmiz va Ozarbayjonning anklav Tog‘li Qorabog‘da arman aholisini blokadaga olganini ta’kidlamoqdalar.

— Avvalo shuni qayd etib o‘tishim joizki, Ozarbayjonda Tog‘li Qorabog‘ nomli hudud yo‘q. 2021 yil 7 iyulda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan imzolangan Farmonga asosan Ozarbayjon hududidagi iqtisodiy tumanlarning taqsimlanishi amalga oshirildi va natijada o‘lkamizda yangi iqtisodiy tumanlar paydo bo‘ldi.

Bu farmonga ko‘ra, Ozarbayjon hududida Tog‘li Qorabog‘ degan hududiy birlik mavjud emas, uning o‘rniga Qorabog‘ iqtisodiy zonasi va Sharqiy Zangazur iqtisodiy zonasi tashkil etildi. Shu masalaga e’tibor berishingizni so‘raymiz.

Hech qanaqa blokada haqida so‘z borishi mumkinmas. Aksiyaga qaramay, har kuni tinchlikparvar kuchlar va Qizil Xoch qo‘mitasiga tegishli o‘nlab yuk va yengil mashinalar Yerevan va Xonkendi yo‘nalishida harakatlanadi.

Armaniston o‘tkazilgan ekologik aksiyani jahon hamjamiyatiga armanlarning Xonkendidagi blokadasi sifatida taqdim etmoqda. Biroq e’tirozlar boshlanganidan hozirgacha namoyishchilar birorta tinch armanning Xonkendigakirib-chiqishiga to‘sqinlik qilgani yo‘q. Aksincha, faollar oddiy armanlarning kundalik hayotida hech qanday cheklovlar yuzaga kelmasligiga diqqat qaratishyapti.

Men bir faktni aytib o‘tay. 1920 yillarda Sovet hukumati o‘rnatilgach, Ozarbayjon bilan Naxchivon o‘rtasidagi tarixiy Ozarbayjon zamini Zangazurning Armanistonga berilishi natijasida bugungi kunda mustaqil Ozarbayjonning ajralmas qismi bo‘lgan Naxchivon Muxtor Respublikasi alohida anklavga aylandi.

Armanistonning Ozarbayjonga hududiy da’volari boshlangan 1988 yildan beri Armaniston o‘z hududidan o‘tuvchi Naxchivon yo‘lini yopib qo‘ydi va Ozarbayjondan ajralgan yarim millionga yaqin Naxchivon aholisi blokadada qolib ketdi.

Uch tomonlama bayonotga ko‘ra, Armaniston Ozarbayjonning Naxchivon AR ga to‘siqsiz kirishni ta’minlashi kerak.

Bugungi kunga qadar Armaniston bu masalani ta’minlamagan, dunyoning hech bir davlati Naxchivon blokadaga tushganidan xavotirda emas.

Qorabog‘dagi armanlarga nisbatan ko‘rsatilayotgan e’tibor 30 yildan ortiq blokadada bo‘lgan Naxchivon aholisiga ko‘rsatilmasligi xalqaro huquq va adolat tamoyillariga to‘g‘ri kelmaydi.

Ozarbayjon necha marotaba prezident Ilhom Aliyev tomonidan ilgari surilgan 5 banddan iborat sulh shartnomasini Armaniston bilan imzolashga tayyor ekanligini bildirdi. Avvaliga Armaniston bunga rozi bo‘lsa ham, keyinchalik turli bahonalar bilan bu sulh shartnomasini imzolashdan bosh tortib kelmoqda.

Pragada ikki davlat davlat rahbarlari hamda Yevropa Ittifoqi prezidenti o‘rtasida imzolangan deklarasiyaga ko‘ra, Armaniston rahbari Ozarbayjonning Qorabog‘ mintaqasiga nisbatan barcha hududiy da’volardan voz kechdi va Qorabog‘ masalasi Ozarbayjonning ichki masalasi ekanligini tasdiqladi. Bunday kelishuvdan keyin Armaniston Ozarbayjon hududlarida qurolli bo‘linmalarini saqlashi, bu yerdagi separatchilarni qo‘llab-quvvatlashi, hududlarimizni minalash va aholimiz tinchligiga xavf solishiga ko‘z yumib bo‘lmaydi, bu bizning ichki ishlarimizga aralashish sanaladi.

Siz o‘z nutqingizda ekologik terrorizm deb atayapsiz va uning ko‘lami yanada kengroq ekanini, Armaniston bu hududlarni 30 yil davomida bosib olib, nazorat qilganda kengroq amalga oshirilganini da’vo qilmoqdasiz.

Ozarbayjon Ekologiya va tabiiy resurslar vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Ko‘chmas mulk bo‘yicha davlat xizmati va «AzerGold» yopiq aksiyadorlik jamiyati mutaxassislaridan iborat guruh tomonidan Qorabog‘ iqtisodiy rayonida o‘tkazilgan monitoringning dastlabki natijalari resurslarimizni talon-taroj qilish faktini qaytadan dolzarblashtirdi. Jarayon davom etadi va bundan jiddiyroq faktlar yuzaga chiqishi ma’lum. Chunki bu hozir boshlangan jarayon emas, 30 yillik bosqin davrida Armaniston Ozarbayjonning Qorabog‘ va Sharqiy Zangazur iqtisodiy tumanlarining yer osti va yer usti boyliklarini vahshiyona talon-taroj qilib, chet el kompaniyalarini mintaqaga noqonuniy jalb qilgan.

Bu kompaniyalar ham Armanistonga, ham boshqa mamlakatlarga tegishli edi. Ozarbayjon Bosh prokuraturasi tomonidan 2018 yilda o‘tkazilgan tekshiruvlarga ko‘ra, Armaniston va boshqa mamlakatlarda qonuniy ro‘yxatdan o‘tgan Vallex Group, Base Metals, ACP, Lerna Metalurgiayi instituti, Teghout va boshqa kompaniyalar, jumladan, Armanistondan kelgan jismoniy shaxslar ham oltin qazib olish biznesini tashkil etishda keng ko‘lamda ishtirok etishgan.

«Vallex Group» talonchilik jarayonida yetakchi kompaniyalardan biri edi. Shveysariyada ro‘yxatdan o‘tgan kompaniyaga armanistonlik tadbirkor Valeriy Meklumyan asos solgan. Kompaniya turli mamlakatlarda ro‘yxatdan o‘tgan — masalan, Kipr, Lixtenshteyn va boshqalar — sho‘ba korxonalarni o‘z ichiga oladi.

2001 yilda «Base Metals» kompaniyasini tashkil etgan «Vallex Group» Ozarbayjonning bosib olingan Kalbajar tumanidagi «Heyvali» foydali qazilma konini o‘zlashtirib, quritgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2009-2011 yillarda 400 ming tonna ruda qayta ishlangan bo‘lsa, bu davrda qayta ishlash limiti 150 ming tonna bo‘lishi kerak. 2011 yilda Heyvali to‘liq o‘zlashtirilgach, kompaniya sobiq Oqdara tumanidagi Kashen-Demirli konidan foydalanishga kirishdi. Bu kondan olingan rudalar asosan Yevropa mamlakatlariga eksport qilinardi.

«Base Metals» operasiyaga chet ellik mutaxassislarni ham noqonuniy ravishda jalb qilgan. Masalan, janubiy afrikalik kon muhandisi Johann Myurreyning 2016 yilda separatistik «televideniye»ga bergan intervyusi buni tasdiqlovchi faktlardan biridir. Ana shunday mutaxassislardan biri Shveysariya fuqarosi Vartan Sirmakes, Base Metals kompaniyasining («Vallex Group» bilan bir vaqtda) moliyaviy investori bo‘ladi.

Bu yerda e’tiborga molik jihatlardan biri Qorabog‘dagi konlarni o‘zlashtirishda ishtirok etayotgan xorijlik mutaxassislarning mintaqaga bevosita emas, balki Armaniston orqali olib kelinishi bo‘ldi. Mutaxassislar Armanistondagi konlarda ishlashga taklif qilingan, keyin esa Qorabog‘ga olib kelingan. Bu, katta ehtimol bilan, mutaxassislarning bosib olingan hududlarga noqonuniy tashrif buyurishni istamasligi bilan bog‘liq.

Armaniston Ozarbayjonning Qorabog‘ viloyatiga tegishli bo‘lmagan Zangilon tumani Vejnali qishlog‘idagi oltin konlarini noqonuniy ekspluatasiya qilishni keng ko‘lamda amalga oshirdi.

«Vejnali» konidan tashqari Kalbajar tumanining «So‘yudlu» (zod-oltin-sulfid), «Qizilbuloq» (oltin-mis-pirit), «Heydara» (oltin), «G‘arbiy Gizilitan» va «Og‘zibir» (oltin) ishg‘ol payida talon-taroj qilindi.

Bosqinchilik davrida arman manbalari vaqti-vaqti bilan Qorabog‘ va uning atrofidagi hududlardagi «oltin mafiyasi» haqida ma’lumotlarni e’lon qildi.

Armanistonlik jurnalist Vagram Agajanyanning tadqiqotiga ko‘ra, ishg‘ol paytida Qorabog‘da 30 dan ortiq arman kompaniyalari oltin va boshqa qimmatbaho metallarni o‘zlashtirgan.

— Ozarbayjon davlati o‘z suveren hududida tabiiy boyliklarining, foydali qazilmalarining Armaniston tomonidan suiiste’mol qilinishiga qarshi qanday chora-tadbirlar ko‘rdi?

Samir Abbosov: “Ozarbayjon ekofaollari hududimizdagi ekologik falokatga norozilik aksiyasi o‘tkazmoqda va hech qanaqa blokada haqida so‘z bo‘lishi mumkinmas”

— 2018 yilda Ozarbayjon Bosh prokuraturasi bosib olingan hududlar boyliklarining talon-taroj qilinishi yuzasidan xalqaro sudlarga bir necha bor murojaat qilgan. Yurtimiz ishg‘oldan ozod etilgach, voqea joyida bevosita tergov ishlari olib borilib, yangi faktlar aniqlandi.

Ozarbayjon Bosh prokuraturasi 2020 yilda o‘tkazilgan tergovga oid muayyan ma’lumotlarni e’lon qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Vejnali qishlog‘idagi rangli metall konlari bo‘yicha noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullangan «Vallex Group» kompaniyalar guruhining Shveysariyada rasman ro‘yxatdan o‘tgan filiali «Base Metals» yopiq aksiyadorlik jamiyati 2009-2017 yillarda jami 301 million 918 ming manat miqdorida noqonuniy daromad olgan.

Ozarbayjon huquq-tartibot idoralari istilo davrida milliy boyliklarimizni talon-taroj qilgan shirkat va shaxslarni tergov qilish va qidirishni davom ettirmoqda.

Bosqindan ozod qilingan hududlardan farqli o‘laroq Rossiya tinchlikparvar kuchlari vaqtincha joylashgan hududlarda tabiiy boyliklarimizni talon-taroj qilish davom etmoqda. Qorabog‘ iqtisodiy tumanida boshlangan ekologik monitoringdan maqsad noqonuniy faoliyatning oldini olish bo‘lib, tekshiruvlar davom etar ekan, yangi faktlar yuzaga chiqishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!