Samarqanddagi Siyob kanalidan oq rangdagi chiqindili suv oqishi aniqlandi

Samarqanddagi Siyob kanalidan oq rangdagi chiqindili suv oqishi aniqlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Samarqanddan oqib o‘tuvchi Siyob kanalidan oq rangdagi chiqindili suv oqishi natijasida kanal atrofida yashovchi aholiga jiddiy muammolar keltirib chiqarayotganligi” bo‘yicha vidio murojaat tarqalgan edi.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi shuni ma’lum qiladiki, haqiqatda ham joriy yilning 5 avgusti kuni Toyloq va Samarqand tumanlari hududidan oqib o‘tuvchi Siyob kanalidan oq rangdagi chiqindili suv oqayotganligi aniqlandi.

Ayni damda mazkur yerdan hamda holat yuzasidan aybdor deb gumonlanayotgan tadbirkorlik sub’ektining himoya mintaqasidan laboratoriya namunalari olinib, qonun talablari doirasida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!