Samarqanddagi sammit “insoniyatning yarmi Rossiya tarafida” ekanini ko‘rsatdi

Samarqanddagi sammit “insoniyatning yarmi Rossiya tarafida” ekanini ko‘rsatdi

Bu haqda polshalik jurnalist Yendjey Beleskiy Rzeczpospolita nashriga bergan maqolasida aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyani katta miqyosda yakkalab qo‘yish haqida gap bo‘lishi mumkin emas, chunki ko‘plab tajribali dunyo rahbarlari u bilan muloqot qilmoqda.

SHHTga kiruvchi Hindiston Rossiyaga qarshi sanksiyalardan voz kechdi va arzonlashtirilgan narxda Rossiya neftining ikkinchi yirik importchisiga aylandi.

NATO a’zosi bo‘lgan Turkiya ham Rossiyaga nisbatan cheklovlar qo‘yishdan bosh tortmoqda.

Muallif yozishicha, eng muhim hamkor, Rossiya bilan ko‘p sohalarda tobora ko‘proq hamkorlik qilayotgan Xitoy bo‘lib qolmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!