Samarqandda o‘qishga kirish 5 ming dollarmi?

Samarqandda o‘qishga kirish 5 ming dollarmi?

Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti bo‘lim boshlig‘i fuqaroni o‘qishga kiritishini aytib, evaziga 5 ming dollar olayotganda qo‘lga olingan.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 1 iyul kuni fuqaroning arizasiga binoan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti sirtqi bo‘lim boshlig‘i X.V. ariza muallifidan uning jiyanini o‘zi ishlaydigan OTMga o‘qishga kiritish evaziga 5 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!