Samarqandda o‘g‘liga jarima belgilagan YPX xodimiga tosh otgan ota 15 sutkaga qamaldi

Samarqandda o‘g‘liga jarima belgilagan YPX xodimiga tosh otgan ota 15 sutkaga qamaldi

Samarqand viloyatida xavfsizlik kamarini taqmasdan kelgan haydovchiga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirgan YPX xodimini haqorat qilib, unga tosh otgan fuqaro javobgarlikka tortildi. Bu haqda viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 15 sentyabr kuni soat 12:00 larda Samarqand viloyati IIB YHXB xodimi tasdiqlangan dislokasiyaga asosan Nurobod tumani «Jom» MFY hududidan o‘tuvchi Samarqand—Qarshi A-378 avtomobil yo‘lining 32-kilometrida xizmat faoliyatini olib borayotgan vaqtida Kia Bongo avtomobilini to‘xtatib, tekshirgan. Haydovchi xavfsizlik kamarini taqmasdan harakatlangani sabab unga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

18 sentyabr kuni esa ushbu YPX xodimi tumanning «Oqsoy» MFY hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida xizmat olib borayotganida haydovchining otasi kelib, «Nima sababdan o‘g‘limga ma’muriy bayonnoma tuzasan?» deya turli so‘zlar bilan haqorat qilgan.

Shuningdek, u YPX xodimiga tosh otib quvlagan hamda Past Darg‘om tumani «Charxun» qo‘rg‘onida joylashgan YPX maskaniga qadar ortidan ta’qib qilib, xodimning xizmat mashinasini qisib to‘xtatgan. Mazkur transport vositasining hujjatlari tekshirilganda haydovchi biror-bir hujjatni taqdim eta olmagan. Shu sababli haydovchiga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashina jarima maydoniga qo‘yilgan.

YPX xodimining xizmat faoliyatiga xalaqit bergan va uni haqorat qilgan haydovchining otasi narkolog shifokor ko‘rigidan o‘tkazilganida uning mast ekani aniqlangan. Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Past Darg‘om sudida ko‘rib chiqilgan. Sudning 21 sentyabrdagi qarori bilan ushbu fuqaro ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topilib, 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!