Samarqandda soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari o‘limi yuzasidan ochilgan jinoyat ishini ko‘rib chiqish yakunlandi

Samarqandda  soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari  o‘limi yuzasidan  ochilgan jinoyat ishini ko‘rib chiqish yakunlandi

3 dekabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tuman sudida viloyat davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Ahmedovning o‘limi yuzasidan ochilgan jinoyat ishini ko‘rib chiqish yakunlandi

✍️Bu haqda Oliy sud axborot xizmati rahbari xabar qildi.

⚖️Sud qarori bilan sudlanuvchilar M.Qo‘chqorov (Kattaqo‘rg‘on tumani IIB yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan) va SH.Rahimberdiyev (Samarqand viloyati IIB YBB 4-bo‘limi katta inspektori lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksining 102-moddasi 1-qismi (ehtiyotsizlikdan o‘limga sabab bo‘lish) va 206-moddasi 1-qismi (hokimiyat yoki mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish) bilan aybdor deb topildi.

🔷Sudlanuvchilar 2 yil ichki ishlar organlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, ularning har biriga 2 yil 10 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni manzil-koloniyalarda o‘tash belgilandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!