Samarqandda qizaloq 10-qavatidan tushib ketgan uyning quruvchilari javobgarlikka tortiladi

A A A
Samarqandda qizaloq 10-qavatidan tushib ketgan uyning quruvchilari javobgarlikka tortiladi

Samarqand shahridagi Qorasuv massivida ko‘p qavatli uy-joylarning loyihachisi Univer Pro Stile va pudratchisi Agromir Buildings kompaniyalari mansabdor shaxslari javobgarlikka tortiladi. Bu haqda O‘zbekiston Qurilish vazirligi xabar berdi, deb yozadi gazeta.uz.

9 iyun kuni 15 qavatli uyning 81-xonadonda yashovchi bir yarim yoshli qizaloq 10-qavatdagi balkondan pastga tushib ketib, olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgandi. 2019 yildan beri uylar qurilayotgan bu massivda 12, 14, 15, 16 va 25 qavatli uylar mavjud.

Samarqandda qizaloq 10-qavatidan tushib ketgan uyning quruvchilari javobgarlikka tortiladi

Qorasuv massividagi ko‘p qavatli uylar Foto: Abdullo Yodgorov / «Gazeta.uz».

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2019 va 2021 yillarda ushbu massivga tashrif buyurgandi. O‘tgan yili aprel oyida prezident matbuot xizmati Agromir Buildings ikki yil ichida 3588 xonadonga mo‘ljallangan balandligi 12, 14 va 15 qavatli 47 ta uy-joy qurganini, yana yettita 16 qavatli va ikkita 25 qavatli uy-joy qurish rejalashtirilgani haqida xabar bergandi. O‘shanda uylar «Turkiyaning zamonaviy texnologiyasi asosida» qurilayotgani qayd etilgandi.

Qurilish vaziri Botir Zokirov so‘nggi yillarda O‘zbekistonda ilgari imkoni bo‘lmagan ko‘p qavatli uylar qurish muvaffaqiyatli o‘zlashtirilganini ta’kidlagandi.

Qurilishdagi qoidabuzarliklar

Qurilish vazirligi habarida qayd etilishicha, 13 iyun kuni sodir bo‘lgan fojiali voqeadan so‘ng qurilish sohasi nazorati bo‘yicha hududiy inspeksiya vakillari voqea joyiga borgan. Ular uyning balkonlarini o‘rganib chiqib, panjaraning bir qismi loyiha hujjatlarida ko‘rsatilgan 150 mm o‘rniga 165 dan 170 mm gacha ko‘tarib qurilgani aniqlangan. Kun.uz`ning yozishicha, aynan shu oraliqdan qizaloq tushib ketgan.

Vazirlik ma’lum qilishicha, qurilish ishlari sifati mas’ul inspeksiya tomonidan muntazam o‘rganilib, loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq qurilish-montaj ishlari olib borilgan. Qurilish uchun 2019 yil 23 aprel, 21 noyabr, hamda 20 dekabrda, shuningdek, 2020 yil 21 yanvar va 7 dekabr sanalarida yozma ko‘rsatmalar berilgan.

Agromir Buildings 2019 yil 30 martda hududiy qurilish inspeksiyasidan ro‘yxatdan o‘tgan. Loyiha-smeta hujjatlari Samarqand shahar Bosh qurilish boshqarmasi arxitektura-shaharsozlik kengashining 2019 yil 14 fevraldagi xulosasi olingach Univer Pro Stile tomonidan ishlab chiqilgan.

O‘sha yilning 28 mart kuni «Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi» davlat unitar korxonasi Samarqand viloyati filialining ishchi loyihasi bo‘yicha yig‘ma ekspert xulosasi olindi, deyiladi xabarda.

May oyida Qurilish vazirligi massivdagi 25 qavatli ikkita uy qurilishi deyarli qurib bitkazilganiga qaramay, Agromir Buildings ularni qurilish sohasini nazorat qilish hududiy inspeksiyasida ro‘yxatdan o‘tkazmagani va bu borada ijobiy ekspert xulosasi olinmagani haqida xabar bergandi. Mas’ul shaxslar ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 99-moddasi 7-qismi (ob’ektlarni davlat ekspertizasining loyiha-smeta hujjatlariga, shu jumladan ish hujjatlariga doir ijobiy xulosasisiz, shuningdek qurilish sohasida nazorat qilish va yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyalarining ruxsatnomasisiz qurish — jismoniy shaxslarga BHMning 25 baravaridan 30 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — BHMning 50 baravaridan 70 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi) bilan javobgarlikka tortildi.

Qurilish vazirligi ushbu kompaniya yana 22 ta shunday uy qurishni rejalashtirayotganini, o‘sha paytda ham ruxsat olmaganini ta’kidlagandi

Baland uylarning nimasi yomon?

«Gazeta.uz» ko‘p qavatli turar-joy binolar odamlar farovonligi va ruhiy salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar haqida yozgandi. Bunday binolar qo‘rquv, norozilik tuyg‘ularining o‘sishiga olib keladi, stressga chidamligiga salbiy ta’sir qiladi. Shuningdek, bunday uy-joylar xulq-atvordagi muammolarga, yomon ijtimoiy munosabatlarga, o‘z joniga qasd qilishga va bolalarning rivojlanishga — salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Ko‘p qavatli binolar mavjud infratuzilmaga og‘irlik olib keladi, transport muammolarini kuchaytiradi va shaharning me’moriy qiyofasini buzishi mumkin.

Past qavatli binolarda yoki hovli uylarda yashovchi odamlar ko‘p qavatli binolarda yashovchi odamlarga qaraganda qo‘shnilariga ikki baravar ko‘proq yordam berishadi. Qo‘shnilar va jamiyatga tegishlilik va aloqadorlik hissi inson salomatligi va baxtining muhim elementlari hisoblanadi. Ishonch darajasi yuqori bo‘lgan shaharlarda baxt va YAIMning o‘sishi ham ancha yuqori.

Samarqandda qizaloq 10-qavatidan tushib ketgan uyning quruvchilari javobgarlikka tortiladi

Foto: Kun.uz.

Kun.uz reportajida voqea sodir bo‘lgan joy aholisi uzoq vaqtdan beri xavfsiz bo‘lmagan balkonlar haqida xavotirlarini bildirib kelgan. Ba’zi oilalar o‘z panjaralarini qayta o‘rnatmoqchi bo‘lishganda, boshqaruv kompaniyasi binolarning umumiy ko‘rinishini buzmaslik uchun ularga ruxsat bermagan. Aytilishicha, aholiga balkonlarida kiyimlarini quritish ham taqiqlangan.

Nashrlarning aholiga tayanib yozishicha, taxminan bir yil avval bir ayol baland qavatdan qulab tushib, vafot etgan. 80-uyda yashovchi bola uchinchi qavatdan qulab tushib, tirik qolgan. Kvartirani ijaraga olgan bu oila ko‘chib ketgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

10 ming qadam yurganlarga pul to‘laydigan platforma ishga tushdi

Илова 1 майдан фаолият бошлаган бўлиб, уни App Store ва Play Market орқали юклаб олиш мумкин.

Maktablarda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Шунингдек, ўқувчиларнинг ота-оналари «Энг фаол ота», «Жонкуяр она», «Масъулиятли ота-она» каби номинациялар ҳамда «Миннатдорчилик хат»лари билан тақдирланиши белгиланган.

Lamin Yamal «Barselona»ning bayram kechasiga yangi sevgilisi bilan tashrif buyurdi (foto)

«Барселона»нинг 18 ёшли вингери Ламин Ямал омма олдида янги севгилиси билан кўриниш берди.

Kaspiy dengizi xavotirli tezlikda qurib bormoqda

Каспий денгизида сув сатҳининг ўзгариб туриши аввалроқ ҳам кузатилган, бироқ олимлар 1990-йилларда бошланган ҳозирги пасайиш жараёни тўхтамаслигидан огоҳлантирмоқда.

Elektr va gaz narxlari bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi

Вазирлар Маҳкамасининг тегишли қарори билан 2026 йил 1 июндан бошлаб электр энергияси ва табиий газнинг янги тарифлари тасдиқланди.

Turklar Erondan ham yomonroq ahvolga tushadi — Isroil madaniyat vaziri

Мики Зоҳар “Туркияга душман давлат сифатида муомала қилишни бошлаш лозим” деган мазмундаги фикрни ҳам илгари сурди.

Prezidentning yangi qarori qabul qilindi

Хориждан наслдор қорамолларни олиб кириш ҚҚСдан озод этилади.

AQShning «Atlanta Yunayted» klubi JCH-2026 oldidan O‘zbekiston terma jamoasiga murojaat qildi

Американинг «Атланта Юнайтед» клуби ижтимоий тармоқларда Ўзбекистон миллий футбол терма жамоасига ЖЧ-2026 давридаги ҳамкорлик ҳақидаги эълондан сўнг мурожаат қилди.

Rossiyalik sobiq futbolchi JChda O‘zbekistondan nimalar kutayotganini aytdi

СССР терма жамоасининг собиқ футболчиси Андрей Канчельскис 2026 йилги жаҳон чемпионатидан кутаётган натижаларни айтиб ўтди.

Orol Pekinga tegishli emas va unga bo‘ysunmaydi

Лайнинг ушбу баёноти АҚШ президенти Доналд Трамп ва Си Жинпин ўртасида Пекинда бўлиб ўтган учрашувдан бир неча кун ўтиб янгради.

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

O‘zbekistonliklar may oyida 14 kun dam oladi

Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.

Husanov yulduzlarni qanday qilib zaxiraga mixladi?

Таниқли россиялик шарҳловчи Александр Елагин ўзбекистонлик ҳимоячи Абдуқодир Ҳусановнинг ўйинини юқори баҳолаб, уни “Манчестер Сити”да мавсум кашфиёти деб атади.

Eron 57 ta musulmon davlatidan iborat “Islom NATOsi” ni tuzishga chaqirdi

Бу ҳақда Iran International хабар берди.

Isroilga hozirda 51 ta davlat harbiy mahsulot yetkazib bermoqda

Маълумотларга кўра, қурол-яроғ ва ҳарбий технологиялар етказиб бериш Халқаро суднинг Ғазода геноцид хавфи мавжудлиги ҳақидаги огоҳлантиришидан кейин ҳам давом этган.

"Real" "Manchester Siti"ning to‘rt nafar futbolchisini kuzatmoqda

Мадриднинг "Реал" клуби "Манчестер Сити"нинг бир нечта юлдузлари билан шартнома имзолаш имкониятини кўриб чиқмоқда.

Super Chess Classic. Sindarov musobaqada 3-o‘rinni egalladi

Руминия пойтахти Бухарест шаҳрида шахмат бўйича Grand Chess Tour 2026 туркумига кирувчи халқаро турнирнинг иккинчи босқичи — Super Chess Classic мусобақаси якунига етди.

AQSh elchixonasi Kiyevda yirik havo hujumi xavfi haqida ogohlantirdi

АҚШнинг Киевдаги элчихонаси яқин 24 соат ичида Украина ҳудудига «сезиларли ҳаво ҳужуми» бўлиши мумкинлиги ҳақида огоҳлантириш эълон қилди.

Livanda Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 3123 kishiga yetdi

Вазирлик билдиришича, 2 мартдан буён бошланган ҳарбий кескинлашув даврида қурбонлар умумий сони 3123 кишига, яраланганлар сони эса 9506 кишига етган.

Norvegiyada “eng chiroyli hojatxona” xavfsizlik sabab yopildi

Андайя оролида жойлашган ва фьорд манзараси билан машҳур бўлган жамоат ҳожатхонаси ҳарбий хавфсизлик туфайли ёпилди.

Namanganda hojatxonaga tushib ketgan bola qutqarildi

Шифокорлар томонидан болага биринчи тиббий ёрдам кўрсатилганидан сўнг у яқинларига топширилди. Ҳозирда боланинг аҳволи яхши экани маълум қилинмоқда.

Xitoyda ko‘mir konidagi portlashda 90 kishi halok bo‘ldi

Хитой раиси Си Жинпинг тирик қолганларни излаш ва жабрланганларни қутқариш учун барча куч ва воситаларни сафарбар қилишни буюрган.

AQShda qush uyasi sababli xaridor o‘zi sotib olgan avtomobilga egalik qila olmayapti (foto)

Бу ҳақда Autoblog хабар берди.

Rubio: Rossiya, AQSh va Ukraina o‘rtasidagi uch tomonlama muzokaralar to‘xtatildi

Бу ҳақда АҚШ Давлат котиби Марко Рубио Швециянинг Хелсингборг шаҳрида бўлиб ўтган НАТО ташқи ишлар вазирлари йиғинида маълум қилди.

“MV Hondius” kemasida xantavirusga chalinganlar soni oshdi

Жаҳон соғлиқни сақлаш ташкилоти раҳбари Тедрос Адханом Гебрейесуснинг маълум қилишича, “MV Hondius” круиз лайнери билан боғлиқ яна бир хантавирус юқиш ҳолати аниқланган.

Hanter Bayden Isroilni otasiga qarshi kampaniya bilan bog‘ladi

АҚШнинг собиқ президенти Жо Байденнинг ўғли Ҳантер Байден отасига қарши коррупция айбловларини тарқатишда Исроил билан боғлиқ шахслар иштирок этган бўлиши мумкинлигини билдирди.

Oziq-ovqat mahsulotlari orasiga yashirilgan dori vositalari fosh bo‘ldi

Тегишли баҳолаш ҳисоботига кўра, ушбу тиббий воситаларнинг умумий қиймати 1 млрд 323 млн сўмни ташкил этади.

GoTürkiye yangi mini-seriali “Cappadocia Fairytale” ekranlarda

Туркиянинг глобал туризм платформаси — GoTürkiye мамлакатнинг бетакрор сайёҳлик манзилларини кинематографик ҳикоялар орқали намойиш этиб, халқаро аудитория эътиборини жалб этишда давом этмоқда.

Pokiston Eron va Markaziy Osiyoga mango eksporti uchun cheklovlarni yengillashtirdi

Покистон ҳукумати Эрон ва Марказий Осиё давлатларига қуруқлик орқали манго экспорт қилиш бўйича молиявий талабларни вақтинча енгиллаштирди.

Daniyada 2012 yildan buyon eng kuchli zilzila qayd etildi

Сейсмологларнинг сўзларига кўра, ушбу ҳодиса Скандинавия ўлчовлари бўйича анча сезиларли бўлиб, мутахассисларнинг катта эътиборини тортди.

Myunxenda Xitoy josuslari ekani gumonlanayotgan shaxslar qo‘lga olindi – DW

Федерал прокуратура хитойлик 55 ва 52 ёшли Германия фуқароси бўлган эр-хотинни Хитой разведкаси топшириғи билан немис университетлари ходимлари билан алоқа ўрнатганликда айбламоқда.

Mossadning Eron bo‘yicha rejasi barbod bo‘ldi

Америка оммавий ахборот воситалари маълумотларига кўра, Исроил разведка хизмати — Моссад Эронда ҳокимиятга мамлакатнинг собиқ президенти Маҳмуд Аҳмадинажодни қайтаришга умид қилган.

Namanganda 12 yashar bola tok urishi oqibatida vafot etdi​​​​​​​

Марҳум бола Давлатобод туманидаги 56-сонли умумий ўрта таълим мактабининг 5-В синф ўқувчиси бўлган.

Andijonda noqonuniy dori sexi fosh etildi

Тезкор тадбир жараёнида «Simbaby», «Doclungc», «Leron», «Yodigan», «Polivit» каби қарийб 100 турдаги маҳсулотлар ашёвий далил сифатида олинди.

Surxondaryoda 13 yoshli qiz daryoda cho‘kib ketdi

Вояга етмаган қизнинг жасади Тўпаланг дарёсидан топилди

Toshkentda IIB xodimi fohishalarga “rahnamolik” qilib kelgani ma’lum bo‘ldi

Яккасарой туманида профилактика инспектори ўзига бириктирилган ҳудудда ижарада яшовчи аёлдан фоҳишаларга “раҳнамолик” қилиш эвазига ҳар ойда 400 доллар пора беришни талаб қилган.

O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari ichida birinchilardan bo‘lib Rebate va Country Placement dasturlarini e’lon qildi

12-20 май кунлари бўлиб ўтаётган 79-Канн халқаро кинофестивали Marché du Film кинобозорида Ўзбекистон 25 фоизли Rebate ва Country Placement дастурларини эълон қилди.