Samarqandda qabristonda yong‘in sodir bo‘ldi

Samarqandda qabristonda yong‘in sodir bo‘ldi

Samarqandda qabristonda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat FVV xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea 16 may kuni soat 12:39 da Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahri Oqoltin MFYda joylashgan "Xalq" qabristonida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida shahar FV bo‘limiga xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipajilari jalb etilgan. Yong‘inga soat 12:45 da yetib borgan va soat 13:20 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida qabristonning taxminan 1 ga maydonda xas-xashak yongan.

Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.

Hozirda tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!