Samarqandda “opiy” saqlangan propan gaz balloni portladi

Samarqandda “opiy” saqlangan propan gaz balloni portladi

Samarqandda propan gaz ballonida “opiy” saqlagan giyohvandfurushlar qo‘lga olindi, ballondagi gaz portlashidan olgan jarohat ularni fosh qildi.

Tojikiston Respublikasining Dushanbe va Boxtar shaharlarida yashovchi 1978 yilda tug‘ilgan D.O. hamda S.S.lar propan gaz balloni ichiga yashirincha joylashtirilgan “opiy” giyohvandlik moddasini Tojikistondan O‘zbekistonga olib o‘tishadi va sotish maqsadida Urgut tumanida yashovchi tanishi, 1979 yilda tug‘ilgan M.F.ning yashash xonadoniga kelishgan.

Ular propan gaz balloni ichidan giyohvandlik moddalarini olayotganida gaz chaqnashi oqibatida kuyib, tuman shifoxonasiga borishadi. Tez orada gaz ballonida yana nimalar borligi ma’lum bo‘ladi...

O‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida propan gaz balloni ichida sellofan paketga o‘ralgan 244,19 gramm “opiy” giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, prosessual tartibda hujjatlashtirildi.

Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari bilan o‘tkazilgan yana bir tadbirda esa Ishtixon tumanida yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan Q.A. boshqaruvida bo‘lgan “Neksiya-2” rusumli avtomashinada 1 kg. 8,16 gr. “opiy” giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirib olingan.

Hozirda ushbu fuqarolarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Bildirilgan fikrlar (10 )

    M_U_S_L_I_M_B_E_K
    Basharasi buzilib ketganku yomon bulibdida
    Egamberdiyev
    Tushunmadim. Opiy saqlagan
    Special
    Omon qopti yaxshi
    &
    Баттар булсин. Кимларнидир наркоман килиш окибати бу
    Salohiddin
    Xammasi oylik kamligi va pulning yoqligidan kelib chiqadi tirijchilik qurib ketsin ekanda
    Salohiddin
    Battar bolmasin. Barcha yer yuzidagi insonlarni ollox asrasin
    Salohiddin
    Birovga o'lim tilaguncha ozingga umr tila degan ekan ...
    &
    O‘lim tilamadim. Lekin bunga o‘xshaganlar opiy va shunday moddalar olib kirsa yaxshimi
    Дони
    гиёхванд модда етиштирувчиларни ташувчиларни ва сотувчиларни Аллох доим жазосини берсин
    булар Аллох таоладан огохлантириш олибди
    Otabek
    Olloh ozi bu xaromilani qilmishini fosh qipdi.