Samarqandda ona-bola til biriktirib, 22 yashar qizni Turkiyaga fohishalikka jo‘natmoqchi bo‘ldi

Samarqandda ona-bola til biriktirib, 22 yashar qizni Turkiyaga fohishalikka jo‘natmoqchi bo‘ldi

Samarqand viloyati IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi hamda DXX Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari hamkorligida olib borilgan tezkor tadbirlar davomida, 1992 yilda tug‘ilgan, Oqdaryo tumani Loyish shaharchasida yashovchi A.A. Turkiya davlatining Istambul shahrida yashab kelayotgan onasi, 1973 yilda tug‘ilgan O.R. bilan oldindan jinoiy til biriktirib, 1999 yilda tug‘ilgan M.ni aldov yo‘li bilan, kelgusida fohishalik maqsadda ishlatish uchun Samarqand xalqaro aeroporti orqali Turkiya davlatining Istambul shahriga yuborayotgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergvo bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!