Samarqandda noqonuniy aroq ishlab chiqarganlar ushlandi

Samarqandda noqonuniy aroq ishlab chiqarganlar ushlandi

Samarqand viloyatining Narpay tumanida noqonuniy ravishda spirtli ichimliklar ishlab chiqarish sexi fosh qilindi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, fuqaro U.I. yaqin qarindoshlari va tanishlaridan iborat jinoiy guruh tuzib, noqonuniy ravishda qo‘lbola spirtli ichimliklar mahsulotlarini tayyorlash, qadoqlash yashirin sexini tashkil qilgan.

Yashirin sexda 36 xil turdagi 1068 dona shisha idishlarga qadoqlangan tayyor aroq hamda 70 litr qadoqlanmagan alkogol mahsuloti va 687 ta aksiz markasi aniqlanib, tegishli tartibda prosessual hujjatlashtirilgan.

Mazkur sexda tayyorlangan maxsulotlar viloyatning Narpay, Paxtachi tumanlari hamda Navoiy viloyatidagi do‘kon va oshxonalarga sotib kelingani ma’lum bo‘ldi.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!