Samarqandda "Nexia" kanalga tushib ketishi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi

Samarqandda "Nexia" kanalga tushib ketishi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi

Samarqand tumanida "Nexia" kanalga ag‘darilishi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi.

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Axborot xizmatining ma’lum qilishicha, halokat 8 may kuni soat 02:40 atrofida tumanning "Badal" MFY hududida sodir bo‘lgan. "Nexia" avtomobili haydovchisi harakatlanib ketayotib, boshqaruvni yo‘qotgan va mashinaning orqa yon qismi bilan kanalga ag‘darilgan.

Mashinaning old o‘rindiqlaridagi haydovchi va yo‘lovchi suvdan chiqishga ulgurishgan. Orqada o‘tirgan 15, 16 yoshli maktab o‘quvchilari hamda 29 yoshli yigit halok bo‘lgan. Ularning ikki nafari Samarqand tumani 24-sonli maktabning o‘quvchisi bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!