Samarqandda “Lasetti”ni tunagan shaxs ushlandi

Samarqandda “Lasetti”ni tunagan shaxs ushlandi

Samarqand tumanida shu yilning 7 noyabr kuni Samarqand shahar Qir mahallasida yashovchi A.N. IIBga murojaat qilib, shu yil 15 oktyabr kuni noma’lum shaxs Yangiariq mahallasida joylashgan bozor oldida qarovsiz qoldirilgan “Lasetti” rusumli avtomashina yukxonasidan 5 mln. 500 ming so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida yashovchi muqaddam sudlangan S.R. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!