Samarqandda "Lada Granta"ning qattiq zarbasidan ayanchli YTH sodir bo‘ldi

Samarqandda "Lada Granta"ning qattiq zarbasidan ayanchli YTH sodir bo‘ldi

2022 yil 21 noyabr kuni soat 13:00 larda Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumani "Mullako‘rpa" MFY hududidan o‘tuvchi ichki yo‘lda haydovchi, 1984 yilda tug‘ilgan B.K. yuqori tezlikda "Lada Granta" rusumli avtomobilda harakatlanayotib, oldinda bo‘lgan haydovchi, 1978 yilda tug‘ilgan M.G‘. boshqaruvidagi "Cobalt" rusumli avtomobilning orqa tomoniga qattiq zarb bilan urilgan. Buning natijasida atrofda bo‘lgan:
1) haydovchi, 1992 yilda tug‘ilgan L.D. boshqaruvidagi "Damas";
2) haydovchi, 1996 yilda tug‘ilgan S.M. boshqaruvidagi "Lacetti";
3) haydovchi, 1978 yilda tug‘ilgan D.S. boshqaruvidagi "Tico" rusumli avtomobillar YTH qatnashchisiga aylangan.

Hodisa natijasida "Damas" avtomobili haydovchisi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!